Webmoney nima ? - Bu elektron hamyon hisoblanib, uning yordamidan internet xizmatlari yoki internet to'lovlarni amalga oshirish mumkin. Webmoney Rossiyada va MDX davlatlar ichida eng ommabop elektron hamyon hisoblanadi. Webmoney 1998- yildan beri faoliyat yuritib keladi.
Webmoney ishlash prinsipi oddiy. Har bir foydalanuvchi o'zining WMID (12 raqamdan iborat bo'ladi, har bir WMID har hil bo'ladi) deb ataluvchu hisob raqamiga ega bo'ladi. Uning ichida esa istalgan tarzda elektron hamyonlar ochish imkoniyati bo'ladi.WMID ichidagi pullar har hil valyutada taqsimlanadi. Hillari :
Hamyon turi | Birliklarning anglatmasi | Bildirilishi |
---|---|---|
Y-hamyon | WMY | o'zbek so'm |
R-hamyon | WMR | rossiya rubli |
Z-hamyon | WMZ | AQSH dollari |
E-hamyon | WME | yevro |
B-hamyon | WMB | belorus rubli |
G-hamyon | WMG | oltin |
Webmoneydan ro'yhatdan o'tish :
1. Avvalam bor www.webmoney.ru saytiga kiramiz. So'ngra tepa qismda "Регистрация" tugmasini bosamiz.
2. So'ngra telefon raqamingizni kiriting.
3. Ro'yhatdan o'tish formasini to'ldirib chiqing va "Продолжить" tugmasini bosing.
4. So'ngra Email manzilizni tasdiqlashiz kere bo'ladi. Email manzilizi tekshiring, sizga maxsus kod keladi. Buni ushbu formaga yozib, "Продолжить" bosing.
5. So'ngra ko'rsatgan telefon raqamingizga sms kod keladi ushbu kodni yozing va "Продолжить" tugmasini bosing. Bundan keyin ro'yhatdan o'tish jarayonini tugatamiz.
6. Ro'yhatdan o'tish yakunlandi endi, hamyon ochamiz. Buning uchun kerakli valyutani tanlab, "Создать" tugmasini bosamiz
7. Biz WMZ - Yani Z (AQSH dollar) valyutada hamyon ochdik. Tepa qismda esa sizning WMID raqamingiz ko'rsatilgan.
Shunda : Bizning dollar valyutadagi raqamimiz : Z812432944286 bo'ldi.
WMID raqamimiz esa : 116310127727 bo'ldi.
- Автор: Гость
- Категория: Elektron hamyon ochish
- Жалоба