Bugungi maqolamiz Kriptovalyuta birjalari haqida bo'ladi. Bizga juda ko'plab "Kriptovalyuta birjasi nima? Bitkoin qanday ishlanadi? Qanday qilib bitkoin orqali pul ishlasa bo'ladi?" shunga o'xshash savollar juda ko'p kelganligi sababli, ushbu maqola orqali batafsil tushuntirishga va birja tanlashda adashmasligingiz uchun to'gri maslahat berishga qaror qildik.
Kriptovalyuta birjasi nima? - Bu onlayn savdo-sotiq platformasi. Ya'ni siz turli xil kriptovalyutalarni sotish, sotib olish, almashtirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Masalan, sizda Efirium kriptovalyutasi bor unga bitcoin sotvolishingiz mumkin, yoki USD (dollar) ga almashtiringiz mumkin. Yoki xisobingizni to'ldirib, istalgan kriptovalyutani sotib olishingiz mumkin. Birjada pul to'pishni asosiy mohiyati ham shunda. Arzon payt sotib olasiz qimmat bo'lganda sotib yuborasiz Chunki, kriptovalyutalar kursi bir joyda turmaydi - doimiy sezilarli darajada o'zgarib turadi!
Kundan kunga kriptovalyuta bilan savdo sotiq rivojlanib borgani sari yangidan-yangi «kriptovalyutalar birjasi» uchun platformalar ko'payib bormoqda, bu esa taniqli kriptovalyutalar bilan va turli xil altkoinlar bilan oldi sotdi (savdo sotiq) qilish imkoniyatini yanada kuchaytirmoqda.
Xozirgi kunga kelib bozor da 3 mingtadan ortiq birjalar ochilgan. Bu o'z navbatida, to'gri va ishonchili birja ni tanlashni qiyinlashtiradi.
Bugun biz sizga eng yaxshi va ishonchli TOP - 5 kriptvalyuta birjalar bilan tanishtiramiz.
TOP-5 Kriptovalyuta birjalari:
1. Binance – ishonchli kriptovalyutalar birjasi, savdo-sotiqni va bozorni o'rganish uchun juda keng imkonyatlarni ochib bergan, barcha taniqli va zamonaviy kriptovalyutalarni qabul qiladi. Kommisiyasi 0.1%.
2. Exmo – Rossiyaning eng yaxshi kriptovalyutalar birjasi hisoblanadi. Exmo birjasi Binance birjasiga nisbatan kamroq valyutalar qabul qiladi ammo barcha taniqli kriptovalyutalarni o'z ichida oladi. Servis avzalliklari - interfeys tezligi, tezkor pul o'tkizmalari va kam miqdordagi kommisiya 0.2%.
3. YoBit – Juda katta rus tilida savdo maydoni, treyderlarni o'zining: kommisiyasi (0.2% dan ko'p emas), pul to'ldirish va yechish tezligi, 1000 ta dan ortiq valyuta paralari borligi bilan o'ziga jalb qiladi. Platformada 2-darajali himoya ham mavjud.
4. HitBTC – O'zining faoliyati 2015 yildan boshlagan Britaniyaning yaxshi birjalaridan biri. Birja yangi o'rganuvchilar uchun juda yaxshi to'gri keladi, chunki birjada o'rganish uchun demo xisob raqam ochish imkoniyati bor – uning yordamida siz demo pullarga savdo qilib o'rganib olishingiz mumkin. Birjaning avzalligi: ro'yhatdan o'tish oson, qulay interfeys, kichkina kommisiya va yuqori akkaung hafvsizligini ta'minlashidir.
- Автор: Гость
- Категория: Kriptobirjalar
- Жалоба