Xitoydagi eng zo’r Internet do’konlar. Ishonchli do’konlar ro’yxati
Xitoyda faqat Aliexpress Internet do’koni bor deb o’ylasangiz adashasiz. Yaqinda men bir nechta Xitoyning Internet do’konlari’ni topdim, u yerda deyarli barcha narsani xarid qilsa bo’ladi. Meni bir savol qiziqtirib qoldi: Xitoydagi eng zo’r Internet do’konlar qaysi? Qay biri ishonchli? Eng ko’p odam qaysi biriga kiradi? Sizga ham qiziqmi?
Boshlashdan avval sizga bir sirni ochay: bu do’konlardan xarid qilayotganda yahshigina pul tejab qolishni yo’li bor, buning uchun LetyShops keshbek servisidan foydalanish kerak. Bu keshbek servisi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu maqolani o’qing.
Xitoy do’konlariga men qanday baho beraman? Xolis, albatta. Lekin baribir, ajratib ko’rsatishga arziydiganlari bor. Xarid qilishdan avval do’kon haqida nimani bilib olish kerak?
Internet do’konga qancha odam kirishi. Bu haqida aniq ma’lumotni olishni iloji yo’q, lekin tahminiy aytib beradigan servislar bor.
Sayt reytingi. Qancha saytlar bu do’konga murojaat etayotgani orqali reytingni bilish mumkin.
Yaratilgan vaqti. Internet do’kon qanchadan beri mavjud bo’lsa, uning ishonchlilik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Firibgar va moshenniklar ko’p vaqt ishlamaydilar.
M0en do’konlarni tanlashingizni osonlashtirish uchun, barcha do’konlarni ko’zdan kechirib chiqdim va ularni solishtirish jadvalini tuzdim. Hamda ularga qancha odam tashrif buyurishi haqida ham ma’lumot bermoqchiman.
— Tashriflar sonini xisoblash uchun men similarweb servisidan foydalandim. U orqali saytga qancha odam kirishi haqida yahshigina ma’lumot olish mumkin. To’g’ri, u tashriflar sonini tahminiy aytadi, lekin bizni holatda shu ham yetarli. Jadvalda oylik tashriflar soni keltirilgan.
— Saytning obro’sini xisoblash uchun men, ushbu saytga boshqa saytlardan murojaatlar soniga e’tibor berdim.
— Yaratilgan vaqtini bilish uchun domenning ro’yxatga olingan kunidan foydalandim.
— Tovarlar (maxsulotlar) hilma xilligi, qanday bo’limlari borligi. Agar men do’konga kirib, ularda asosan smartfon va telefonlarni ko’rsam bu do’konni ELEKTRONIKA bo’limiga kiritib qo’yaman. Lekin bu do’konda boshqa tovarlar ham bo’lishi mumkin, bundaylarga «+» belgisini ham qo’yaman.
Ro’yxatni saytga qancha odam kirishiga qarab tartibga keltirdim, har qalay bu eng muhim tarafi, agar sayt kerakli bo’lsa unga ko’p odam kiradi. Ro’yxatda 25ta do’kon keltirilgan, aslida esa ular soni bundan ko’p. Bu do’konlarning barchasida keshbek olsa bo’ladi, masalan, LetyShops servisidan foydalangan holda. Agar do’konlar kamlik qilsa, Letyshops saytida yana boshqa Internet magazinlarni topishingiz mumkin.
Maqolada nomi keltiriladigan do’konlar birortasi ham o’zbek tilida ishlamaydi. Shuning uchun bizga yaqin til — rus tilidagi saytlarga urg’u berib o’tganman. Sizga esa rus tilida eng oddiy so’zlar yozilgan saytda ishlash qiyinchilik tug’dirmasa kerak. Agar muammoga duch kelsangiz, menga ayting! Qo’ldan kelgancha yordam berishga tayyorman
Xitoyning eng zo’r Internet do’konlari rus tilida
Do’kon | TIC-reyting | Mln. odam | Yaratilgan vaqti | Rus tili | Tovarlar |
Aliexpress | 4600 | 638 | 2006 | bor | Hilma xil |
Gearbest | 500 | 90 | 2013 | bor | Elektronika + |
Banggood | 450 | 40 | 2008 | bor | Elektronika + |
Dhgate | 550 | 22 | 2004 | bor | Elektronika + |
DX | 1600 | 14 | 1994 | bor | Elektronika + |
MiniInTheBox | 230 | 9 | 2009 | bor | Elektronika + |
GeekBuying | 140 | 6,6 | 2012 | tarjima | Elektronika + |
Rosegal | 30 | 6,3 | 2013 | yo’q | Kiyim |
Rose Wholesale | 20 | 6 | 2013 | yo’q | Kiyim |
TinyDeal | 10 | 5 | 2006 | bor | Elektronika + |
Sammy Dress | 110 | 4 | 2011 | bor | Kiyim |
DressLily | 20 | 4 | 2012 | yo’q | Kiyim |
Everbuying | 80 | 3,5 | 2010 | tarjima | Elektronika |
TwinkleDeals | 20 | 3,5 | 2014 | yo’q | Kiyim |
DressLink | 50 | 2,5 | 2000 | bor | Kiyim |
Zaful | 30 | 2,5 | 2013 | tarjima | Kiyim |
Newchic | 10 | 2,5 | 2012 | bor | Kiyim |
Nazya | 700 | 2 | 2009 | bor | Hilma xil |
Nastydress | 10 | 2 | 2014 | yo’q | Kiyim |
TrendsGal | 10 | 1,7 | 2014 | yo’q | Kiyim |
Izobility | 500 | 1,5 | 2012 | bor | Kiyim |
NewFrog | 40 | 1,5 | 2010 | yo’q | Kiyim |
PandaHall | 40 | 1 | 2003 | bor | Taqinchoqlar |
Coolicool | 275 | 0,95 | 2012 | bor | Elektronika + |
BuyinCoins | 130 | 0,135 | 2009 | bor | Hilma xil |
Endi barcha do’konlar haqida batafsil ma’lumot beraman. Maqoladagi rasmlarni kattalashtirish mumkin, buning uchun ustiga bosing.
Xitoyning Internet magazinlari
1. Aliexpress — bu bepul dostavka (yetkazib berish) qiluvchi xitoyning internet magazini boshqalarini ichida SARDOR sanaladi. Uni do’kon deb ham bo’lmaydi, bu minglab xitoyliklar savdo qiladigan bozor.
Bu do’kon foydalanuvchilar tashrifi soni bo’yicha JUDA oldinga o’tib ketgan: 1 oyda 638 mln odam tashrif buyuradi, 90 mln — bu uning eng yaqin turgan raqobatchisi ko’rsatkichi. Hamda bu faqatgina saytning ingliz tilidagi talqiniga tashrif buyuruvchilar soni, boshqa tildagilari ostki domenlarda joylashgan va ularga tashriflar qanchaligi alohida o’lchanadi.
Shuni aytishim mumkinki, saytni rus tilidagi versiyasiga oyiga 230 millionta odam tashrif buyuradi — tasavvur qilyapsizmi? Raqobatchi saytlar bir chetda tomosha qilib turishipti
Aliexpressga yaqin turgan raqobatchi kim ekan? Mana u bizning qaxramon:
2. Gearbest — shu tarafi e’tiborliki, bu Internet do’kon 2013-yilda yaratilgan, lekin shu vaqt ichida juda yahshi ko’rsatkichlarga erishdi. Asosan yahshi elektronika, planshet, noutbuk, smartfon va boshqa tovarlar sotadi.
Saytning rus tilidagi talqini yaqin kunlarda ishga tushdi va u kun sayin ko’tarilib bormoqda. Lekin men asosiy sayt reytingini namoyish etmoqchiman
Rasmdagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, do’konni mijozi asosan Ispaniyaliklar, u yerda ispaniyaning barcha saytlari ichida 55-o’rinda.
3. Banggood — bu xitoyning internet magazini oyiga 40 million tashrif bilan uchinchi o’rinni egalladi. Bu yerda ham asosiy tovar elektronikani tashkil etadi.
O’z tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkin, bu saytda aliexpressdan ham topib bo’lmaydigan ko’pgina tovarlar bor. Mening bir tanishim bu saytdan lazerli stanok xarid qildi, aliexpressda bunday narsa yo’q. Mana bu sayt haqida bir qancha ma’lumot:
Saytning rus tilida qo’llab quvvatlash xizmati borligi esa taqsinga loyiq. Sayt doim har xil aksiyalar va chegirmalar uyushtirib turadi, agar unga vaqtida kirsangiz, arzon narxda kerakli biror nima xarid qilishingiz mumkin.
4. Dhgate — bu yana bir elektronikaga oid xitoyning internet do’koni. 22 million odam oyiga — bu kam emas.
Quyidagi rasmda ko’rinib turibdiki saytning mijozlari soni kun sayin ortmoqda:
5. DX — oyiga 14 million odam tashrif buyuradigan yana bir xitoyning elektronika supermarketi. Shunisi ahamiyatliki, bu xitoyning internet magazini bugun sizga taqdim etganlarimiz ichida ENG qarisi — 1994 yilda tashkil topgan!
Rus tilini to’liq qo’llab quvvatlaydi, saytning o’zi ham juda sifatli yaratilgan. Statistikaga ko’ra, bu magazinni ko’proq Braziliyada sevishadi:
6. MiniInTheBox — bu xitoyning magazini ham elektronika bilan tirikchilik qiladi, lampochkadan tortib smartfongacha topish mumkin.
Sayt rus tilida ishlaydi va bundan avvalgi juda o’xshab ketadi. Do’kon savdo-sotiqlari bir maromda ketmoqda, lekin avvalgisiga o’xshab yuqoriga qarab emas.
7. GeekBuying — va bu magazinda ham faqat elektronika tovarlarni ko’rish mumkin, ha, nima qilsa ham Xitoy bu boradi ilgarilab ketgan. Sayt to’liq rus tilida ishlamaydi, onlayn tarjima qilish mumkin:
Hali ancha yosh bo’lgan bu saytning ishlari qanday ketmoqda ?
Magazin yuqoriga intilmoqda, demak xaridorlar undan mamnun, vaqt bo’lganda uni bir ko’zdan kechirish kerak.
8. Rosegal — va nihoyat, arzon narxda kiyim sotadigan xitoyning internet magaziniga ham yetib keldik, shunisi qiziqki, u faqat ikta tilda ishlaydi, ular orasida ruscha yo’q (ingliz va fransuz tillarida):
Statistikaga ko’ra, sayt yahshigina odam yo’qotgan, deyarli ikki baravar, lekin u yana xaridorlarni jalb eta boshladi:
9. Rose Wholesale — bu xitoyning kiyim-kechaklar sotadigan internet magazini avvalgisiga o’xshab ketadi. Avvalgisidan birgina farqi, bunda ispan tili ham bor, lekin qolgan taraflari bir xil.
Tashriflar soni bo’yicha uning ishlari qanday ketmoqda?
Ko’rib turganingizdek, sayt oldinga intilmoqda, lekin baribir 6 million — hech nima emasda.
10. TinyDeal — xitoyning eng zo’r o’ntaligini tugatib beradigan «mini aliexpress», bu yerda elektronika ham, kiyim-kechak ham va boshqa ko’pgina tovar topish mumkin. Lekin baribir gadjetlar birinchi o’rinda:
Magazin ishlari qanday ketmoqda? Aytgancha, bu saytni Rossiyada juda sevishadi va buni s Vkontakte va Odnoklassnikida rasmiy sahifalari borligidan bilsa bo’ladi. Statistika esa nima deydi?
Ha, bu saytga odamlar asosan Rossiyadan kirishadi, lekin bu do’konchani aliexpressga yetishiga hali ancha bor…
Men shu tartibda barcha do’konlarga ta’rif berib chiqmoqchi edim, lekin bundan ma’no yo’q ko’rinadi, shu yergacha o’qiganingizni o’zi katta gap, siz haqiqiy qaxramon ekansiz. Shu o’nta do’konni o’zi ham sizga kerakli narsani xarid qilish uchun yetarli deb o’ylayman. Lekin yo’q, bularning ichida bitta ajralib turadigani bor ekan, u haqida ma’lumot beray.
PandaHall — bu taqinchoqlar va furnituralar sotuvchi Xitoy magazini. Men taniydigan bir qancha ayollar o’zlari taqinchoqlar yasashadi, men darxol ularga bu saytni berdim:
Bu sayt tashriflar soni bo’yicha avvalgilari bilan bellasha olmaydi, lekin u baribir juda yahshi, shuningdek to’liq rus tilida ishlaydi.
Kelajakda men yuqorida do’konlar haqida alohida ma’lumot bermoqchiman, hamda har biridan ro’yxatdan o’tib, maxsulot buyurtma qilib ko’rmoqchiman, shuning uchun sizga bunday mavzular qiziq bo’lsa, yangiliklarga obuna bo’ling.
Agarda siz bu Xitoy magazinlari haqida biz yozmagan nimadir bilsangiz, izoh orqali yozib qoldirishingizni so’ragan bo’lardim, sizning fikringiz men uchun juda qiziqarli…
Yana qanday Xitoy internet magazinlarini topdim?
Aslini olganda, Xitoyning internet do’konlari bu maqolada yozilganidan ancha ko’p ekan. Nega men ularni chetlab o’tishim kerak? Balki ular batafsil yoritib berishimga arzimas, lekin eslab o’tishimga arziydi. Boshladik…
Yoins — ayollar kiyimi, oyoq kiyimi va aksessuarlar magazini. Rus tili borligi juda ham a’lo.
TOMTOP — yana bir ko’p narsa sotib olsa bo’ladigan xitoyning internet do’koni (navbatdagi mini aliexpress). Rus tili bor va bu o’ziga tortadi.
Tidebuy — ko’pgina maxsulotlar, kiyimdan tortib elektronikagacha sotadigan yahshi bir Xitoy do’koni. Rus tili bor, lekin tarjima sal tushunarsiz.
Zapals — xitoyning elektronika do’koni, juda qiziq sayt, men aliexpressda uchratmagan tovarlar ko’p. Rus tili bor, lekin bu shunchaki Google tarjimasi. Baribir yo’qdan ko’ra-da.
Yangi Xitoy do’konlari chiqishi bilan bu maqolaga qo’shib boriladi. Agar siz yana boshqa do’konlarni bilsangiz, ular haqida izoh yozib qoldiring. Men ular haqida ham bu yerga ma’lumot kiritaman…
Izoh qoldirish
5 Izohlar Maqola: "Xitoydagi eng zo’r Internet do’konlar. Ishonchli do’konlar ro’yxati"
Aliexpress bn iwlamoqchimam kim manga yordam berolidi
Aliexpress bn iwlamoqchiman km manga yordam berolidi. Aliexpresdan qanaqp biznes qsa boladi
@Fano_Filloh telegramm men yordam berolaman
Assalomu alaykum Xitoydan zakaz qigan narsalaga 1 kgga qancha kargo tolanadi. Bilmislami
Aliexspress да ишламокчиман ким менга ердам беролади