Aliexpressdan kelgan tovarga davlat soligʻi.

Aliexpress bo’yicha savollar va javoblarBo'lim: Aliexpress bo'yicha savollarAliexpressdan kelgan tovarga davlat soligʻi.
0 +1 -1
Abdulaziz so'radi 1 год avval

Assalomu alaykum,aAliexpressdan kelgan tovarga davlat soligʻi (tamojnik) bormi boʻlsa qancha,100$dan oʻtibketsa soliq toʻlanadi deb eshitgandim shu qanchalik toʻgʻri,javob uchun oldindan rahmat.

Javoblar soni: 1
0 +1 -1
Best Answer
Ali_O'zbek Raxbariyat javob bergan 2 недели avval

Assalomu alaykum.
Bir kelganda tovarlar yig’indisi $100 dan o’tsa soliq to’laysiz. Bir kvartaldagi limit esa $1000 ga teng.
1 kvartal = 3 oy degani.
3 oyda umumiy hisobi $1000 ga teng tovar buyurtma qila olasiz. Lekin 1 martada $100 dan o’tishi kerak emas.
Endi asosiy savolga kelsak. Deylik Siz Hitoydan qiymati $190 ga teng Xiaomi telefonini buyurtma qildingiz. Sotuvchi ham anoyi emas, narxini posilka ustiga rostini aytib jo’natmaydi, kamaytirib yozadi.
Tamojnyaga kelgach uni telefon ekanini bilishadi, ustiga yozilgan $40 yolg’on ekanini juda yaxshi bilishadi. Sizni chaqirishadi, telefonni o’tkazish uchun bojxona solig’i to’lashingiz kerakligini aytishadi. Ho’sh, u soliq aslida qancha ?
Minimal $25 va 20% QQS mavjud. Telefon narxini ham ular belgilaydi. O’rtacha narx olinib shunga hisoblanadi. Deylik telefon narxini $200 deb belgilashdi. Hisob-kitob quyidagicha bo’ladi:
$200 % 20 = $40 (QQS)
$25 + $40 = $65 soliq to’laysiz
Telefon narxi esa $190 oldingiz + $25 minimal to’lov + $40 soliq = $255 ga aylanadi. Olxda huddi usha telefon yangisini $205 ga olish mumkin. O’ylab ko’ring telefon zakaz qilish hozirgi kunda foydalimi ? 🙂