Qanday qilib aliexpressda tovarni rasm orqali topish mumkin?
Men ko’p marotaba bunday holatga tushganman, qandaydir tovarni boshqa sotuvchidan topishim kerak bo’lgan, bilasizku aliexpressda tovarning nomi tartibsiz yozilgan, chunki biz ingliz tilidan rus tiliga mashina tarjima qilganini ko’ramiz. Bunday tarjimadan keyin tovarning aslida nima ekanligini bilish qiyin bo’ladi gohida, yoki qidirganimizda keraksiz tovarlarga yo’liqamiz — bular hammasi tarjimadan. Odatda tovarning rasmlari sotuvchilarda bir xil bo’ladi, chunki hamma sotuvchilar maxsulot rasmini bir joydan olishadi. Qanday qilib aliexpressda tovarni rasm orqali topish mumkin?
Tovarni rasm orqali topishning ko’p yo’llari bor, men sizlarga eng samarali yo’llarini aytib beraman. Qilishimiz mumkin bo’lgan birinchi narsa bu – AliPrice servisidan foydalanish, ularning saytida aliexpress tovarlarini topish mumkin. Misol uchun Samsung uchun chehol qidirib ko’ramiz:
Bu kengaytmani o’rnatganimizdan so’ng brauzerda qidiruv paneli paydo bo’ladi, endi qidiruvni aliexpress saytiga kirmay turib ham, brauzerni o’zida boshlash mumkin.
Qanday qilib Google yordamida aliexpressda tovarni rasm orqali topish mumkin?
Shu ssilka orqali boramiz va Алиэкспресс поиск по картинке deb nomlangan kengaytmani o’rnatamiz.
O’rnatganingizdan so’ng brauzer panelida kengaytmaning belgisi va menyu paydo bo’ladi. Aliexpress saytiga o’tib kerakli tovarni qidiramiz , keling bu Mi band 2 aqqli soati bo’lsin:
Agar siz hozir berilgan plagindan foydalanmoqchi bo’lsangiz, sizda hech nima o’xshamaydi, chunki aliexpressdagi rasmni shunchaki saqlab qo’yish mumkin emas. Lekin siz uchun kichik ayyorlik haqida yozaman. Ayataylik, tovarning manzili bunday:
ru.aliexpress.com/item/-/32677212146.html
Manzil boshidagi RU ni M ga almashtiramiz:
m.aliexpress.com/item/-/32677212146.html
Shunday yo’l bilan biz saytning mobil versiyasiga o’tamiz, u yerda rasmlarni yuklab olish mumkin. Rasmga kursorni olib boramiz va sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz, keyin plaginimizning punktini tanlaymiz:
Bundan keyin bizni Google qidiruv saytiga yuborishadi, u yerda biz aliexpressda shunday rasm, ya’ni tovar bor yo’qligini ko’ramiz:
Ko’rib turganingizdek, mening holatimda shunday soat sotayotgan bitta sotuvchi topildi. Endi ssilka orqali arzonroq tovarni topamiz.
Lekin juda xursand bo’lish ham kerak emas, chunki aliexpressdagi ko’p tovarlar agar ular brend mahsulotlar bo’lsa faqatgina sanoqli sotuvchilarda bo’ladi.
Agar bu qandaydir arzon narsa bo’lsa ishonavering uni ko’pchilik sotadi! Agar siz berilgan rasm orqali boshqa hech nima topa olmagan bo’lsangiz, demak “yaxshi tovar ekan, uni olish kerak!”
Mana tovarni qanday qilib rasm orqali topish kerak, siz boshqa oddiyroq va samaraliroq yo’llarini bilasizmi?
Izoh qoldirish
Birinchi bo'lib izoh qoldiring!