Aliekspressdan qanday qilib rasmni saqlab qo’yish mumkin?

Men aliekspress haqida maqolalar yozar ekanman, maqolada suratlarni joylashtirish uchun tez-tez tovar kartochkasidan rasmlarni yuklab olishim zarur bo’lmoqda. Ammo muammo shundaki, aliekspress osonlikcha rasm yuklab olishga qo’ymaydi, u yerda qandaydir himoya ishlaydi. Ammo har bir kalitning o’z qulfi bor. Qanday qilib aliekspressda rasmni saqlab olish mumkin? Mana buni amalga oshirishning bir necha usullari.

Shaxsan men birinchi raqamli usuldan foydalanaman, aynan uni hozir yozmoqdaman. pinterest.com degan ijtimoiy tarmoq bor, unda kompyuterdan yoki biror bir saytdan rasm saqlab qolish mumkin, shundan biz hozir foydalanamiz.

Avvalambor shu ijtimoiy tarmoqda ro’yxatdan o’tish lozim, agar shu paytgacha u yerda o’z akkauntingiz bo’lmasa, albatta.  Ma’lumotingiz uchun – bu dunyodagi eng YIRIK ijtimoiy tarmoqlardan biridir, unda o’z saytlaringizni, rasmlaringizni, hamkorlik ssilkalarini, umuman istaganlaringizni e’lon qilishingiz mumkin. Shunday ekan, bu sayt sizga baribir kerak bo’lib qoladi.

Qanday qilib pinterest yordamida aliekspressdan rasm saqlab qolish mumkin?

Tajriba uchun mana shu smartfonni olamiz va sahifadan uning rasmini saqlab olishga harakat qilib ko’ramiz.

 

Qanday qilib aliekspressda rasmni saqlab olish mumkin? Eng soda yo’li – bu saytning o’zidan foydalanib olish. Doskani hosil qilamiz, mana bunday oynacha paydo bo’ladi – PINNI QO’SHISH (ДОБАВИТЬ ПИН):

 

 

PINNING MANBASI (ИСТОЧНИК ПИНА) oynachasi paydo bo’ladi – INTERNETdan tanlaymiz. Biz rasmni olmoqchi bo’lgan Aliekspress sahifasidan ssilkadan nusxa ko’chiramiz:

Davomini kutamiz. Endi sayt bizga sahifadagi barcha rasmlarni ko’rsatadi va so’raydi: qaysi birini saqlab olish?

Keyin kursor bilan istalgan rasmga bosamiz. Shunda bizning doskalarimizning birida rasmni saqlab olishni taklif qiladigan oyna chiqadi. Lekin hech narsa saqlamasa ham bo’ladi, shunchaki kursorni rasmga oborib turib, sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz, RASMNI …DAY SAQLAB OLISH (СОХРАНИТЬ КАРТИНКУ КАК) ni tanlaymiz va uni o’z kompyuterimizga saqlab qo’yamiz.

Mana xoos, rasm saqlab olindi. Men uzoq vaqt yozgan bo’lsam ham, aslida hammasi 10 soniyada bajariladi.

Yana bir yaxshi fikr bilan bo’lishaman: aliekspressning sheriklik tarmog’ida ro’yxatdan o’tamiz, Pinterestda har xil tovarlar bilan doskalarni hosil qilamiz, va har bir rasm ostida sheriklik ssilkalarini qo’yib chiqamiz.  Shunday yo’l bilan aliekspressda pul ishlashni boshlab yuborish ham mumkin va astoydil harakat qilsa, juda yaxshi pul ishlash mumkin.

Qanday qilib aliekspressdan katta formatdagi rasmni saqlab olish mumkin?

Odamlarda bunday savol tez-tez paydo bo’ladi, shuning uchun unga alohida to’xtalib o’taman. Men hozirgina yozgan usulim aynan kata formatdagi rasmlarni saqlab olish uchun ma’qul keladi. Ammo, avvalgi rasmlarda ko’rganingizdek, bitta sahifada ko’plab rasmlar bo’ladi, ayrimlari kata formatda bo’lsa, ayrimlari kichik, shuni inobatga olishingiz lozim bo’ladi.

Siz KATTA RASMNI saqlab qolganimga ishonch hosil qilishingiz uchun, men ataylab shu sahifadan kata rasmni saqlab oldim va ishchi stolning skrinshotini qildim! Menda ekran kengaytmasi (разрешение экрана) FULL HD:

Lekin shu bilan hikoyam tugamadi, chunki hozir men sizlarga, qanday qilib aliekspressdan xuddi shu usul yordamida, lekin kamroq harakat qilib rasmni saqlab olishni aytib beraman.  Buning uchun biz brauzerga Pinterest dan Chrome uchun kengaytmani  o’rnatishimiz lozim bo’ladi.

Endi biz saytga kirishimiz shart emas, shunchaki brauzerda Pinterest tugmasiga bosamiz va bizda oynacha paydo bo’ladi, undan biz qattiq diskka rasmni saqlab olishimiz mumkin.  Qolgan  brauzerlar uchun ham bu kengaytma bor-yo’qligini bilmaganim uchun, bu usulni oxiriga qo’ydim.

Yana qanday qilib aliexpressdan rasmni saqlab olish mumkin?

Yana soddaroq, lekin uncha ishonchli va sifatli bo’lmagan usullar mavjud. Ulardan birinchisi – bu istalgan qulay dasturlardan shunchaki ekran skrinshotini amalga oshirish.  Boshqa saytimda, qanday qilib ekran skrinshotini bajarish maqolasida,men buning uchun yaxshi dasturni ta’rifladim.

Bu usul soddaroq bo’lsa ham, rasmlar shunga yarasha sifatsizroq chiqadi, va katta formatdagi rasmni saqlab olishning imkoni ham bo’lmaydi.

Ikkinchi usul – bu saytning mobil versiyasiga o’tishdir, u yerda rasmlarni kompyuterga oddiy usul yordamida yuklab olish mumkin. Qanday qilib buni amalga oshirish?

Aytaylik, sizda tovarga ssilka mavjud, va u shunday ko’rinishga ega:

ru.aliexpress.com/item/32594340738.html

biz boshidagi RU ni M ga almashtirishimiz lozim, shunday bo’ladi:

m.aliexpress.com/item/32594340738.html

endi biz aliekspress saytining mobil versiyasini ko’ramiz va kerakli rasmdan bemalol nusxa olishimiz mumkin.

Lekin, bu usulning kamchiligi shundaki, katta hajmdagi rasmni saqlab olishning imkoni bo’lmaydi, faqat o’rta hajmdagilarni, negaki ular planshet va smartfonlar uchun moslashtirilgan. Ammo ko’pincha kattaroq va keraksiz.

Qanday qilib dastlabki koddan rasmni chiqarish mumkin?

Birinchi usul uzoq yashashni buyurgani, ikkinchi usul uncha qulay emasligi uchun, aliekspressdan rasmni saqlab olishning yana bir usuli haqida so’zlab beraman.  Buning uchun bizga Google Chrome (boshqalarida ham o’xshab qolishi mumkindir, lekin men shundan foydalanaman) brauzeri kerak bo’ladi.

Aliekspress saytini ochamiz va klaviaturada F12 tugmasini bosamiz. Sizda mana shunday qo’shimcha oynacha paydo bo’ladi:

Yuqori chap burchakdagi strelkali tugmaga bosing va kerakli rasmga sichqonchani olib boring. Sizda oynachada rasmga ssilka paydo bo’ladi, uni ikki marta bosib ajratib olamiz va Ctrl + С ni bosamiz. Natijada biz quyidagi ssilkani nusxalaymiz:

//ae01.alicdn.com/kf/HTB1JstYOFXXXXa4XpXX760XFXXXy.png

Hamma keraksiz narsalardan tozalaymiz (undan ko’proq keraksiz narsalar ham saqlanib qolishi mumkin) va quyidagi ko’rinishga olib kelamiz:

ae01.alicdn.com/kf/HTB1JstYOFXXXXa4XpXX760XFXXXy.png

endi bu manzilni brauzerning manzil satriga qo’yamiz va ENTERni bosamiz! Mana bo’ldi, endi bemalol rasmni nusxalashingiz ham mumkin….

Agar siz aliekspressdan qanday qilib rasmlarni saqlab olishning boshqa usullarini bilsangiz, bizga ham ular haqida bilib olish qiziq bo’ladi  …

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz