Xitoydagi eng zo’r Internet do’konlar. Ishonchli do’konlar ro’yxati

Xitoyda faqat Aliexpress Internet do’koni bor deb o’ylasangiz adashasiz. Yaqinda men bir nechta Xitoyning Internet do’konlari’ni topdim, u yerda deyarli barcha narsani xarid qilsa bo’ladi. Meni bir savol qiziqtirib qoldi: Xitoydagi eng zo’r Internet do’konlar qaysi? Qay biri ishonchli? Eng ko’p odam qaysi biriga kiradi? Sizga ham qiziqmi?

Boshlashdan avval sizga bir sirni ochay: bu do’konlardan xarid qilayotganda yahshigina pul tejab qolishni yo’li bor, buning uchun LetyShops keshbek servisidan foydalanish kerak. Bu keshbek servisi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu maqolani o’qing.

Xitoyning eng zo'r Internet do'konlari letyshops

Xitoy do’konlariga men qanday baho beraman? Xolis, albatta. Lekin baribir, ajratib ko’rsatishga arziydiganlari bor. Xarid qilishdan avval do’kon haqida nimani bilib olish kerak?

Internet do’konga qancha odam kirishi. Bu haqida aniq ma’lumotni olishni iloji yo’q, lekin tahminiy aytib beradigan servislar bor.

Sayt reytingi. Qancha saytlar bu do’konga murojaat etayotgani orqali reytingni bilish mumkin.

Yaratilgan vaqti. Internet do’kon qanchadan beri mavjud bo’lsa, uning ishonchlilik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Firibgar va moshenniklar ko’p vaqt ishlamaydilar.

M0en do’konlarni tanlashingizni osonlashtirish uchun, barcha do’konlarni ko’zdan kechirib chiqdim va ularni solishtirish jadvalini tuzdim. Hamda ularga qancha odam tashrif buyurishi haqida ham ma’lumot bermoqchiman.

— Tashriflar sonini xisoblash uchun men similarweb servisidan foydalandim. U orqali saytga qancha odam kirishi haqida yahshigina ma’lumot olish mumkin. To’g’ri, u tashriflar sonini tahminiy aytadi, lekin bizni holatda shu ham yetarli. Jadvalda oylik tashriflar soni keltirilgan.

— Saytning obro’sini xisoblash uchun men, ushbu saytga boshqa saytlardan murojaatlar soniga e’tibor berdim.

— Yaratilgan vaqtini bilish uchun domenning ro’yxatga olingan kunidan foydalandim.

— Tovarlar (maxsulotlar) hilma xilligi, qanday bo’limlari borligi. Agar men do’konga kirib, ularda asosan smartfon va telefonlarni ko’rsam bu do’konni ELEKTRONIKA bo’limiga kiritib qo’yaman. Lekin bu do’konda boshqa tovarlar ham bo’lishi mumkin, bundaylarga «+» belgisini ham qo’yaman.

Ro’yxatni saytga qancha odam kirishiga qarab tartibga keltirdim, har qalay bu eng muhim tarafi, agar sayt kerakli bo’lsa unga ko’p odam kiradi. Ro’yxatda 25ta do’kon keltirilgan, aslida esa ular soni bundan ko’p. Bu do’konlarning barchasida keshbek olsa bo’ladi, masalan, LetyShops servisidan foydalangan holda. Agar do’konlar kamlik qilsa, Letyshops saytida yana boshqa Internet magazinlarni topishingiz mumkin.

Maqolada nomi keltiriladigan do’konlar birortasi ham o’zbek tilida ishlamaydi. Shuning uchun bizga yaqin til — rus tilidagi saytlarga urg’u berib o’tganman. Sizga esa rus tilida eng oddiy so’zlar yozilgan saytda ishlash qiyinchilik tug’dirmasa kerak. Agar muammoga duch kelsangiz, menga ayting! Qo’ldan kelgancha yordam berishga tayyorman

Xitoyning eng zo’r Internet do’konlari rus tilida

  Do’kon TIC-reyting Mln. odam Yaratilgan vaqti Rus tili Tovarlar
 Aliexpress 4600 638 2006 bor Hilma xil
 Gearbest 500 90 2013 bor Elektronika +
 Banggood 450 40 2008 bor Elektronika +
 Dhgate 550 22 2004 bor Elektronika +
 DX 1600 14 1994 bor Elektronika +
 MiniInTheBox 230 9 2009 bor Elektronika +
 GeekBuying 140 6,6 2012 tarjima Elektronika +
 Rosegal 30 6,3 2013 yo’q  Kiyim
 Rose Wholesale 20 6 2013 yo’q Kiyim
 TinyDeal 10 5 2006 bor Elektronika +
 Sammy Dress 110 4 2011 bor Kiyim
 DressLily 20 4 2012 yo’q Kiyim
 Everbuying 80 3,5 2010 tarjima Elektronika
 TwinkleDeals 20 3,5 2014 yo’q Kiyim
 DressLink 50 2,5 2000 bor Kiyim
 Zaful 30 2,5 2013 tarjima Kiyim
 Newchic 10 2,5 2012 bor Kiyim
 Nazya 700 2 2009 bor Hilma xil
 Nastydress 10 2 2014 yo’q Kiyim
 TrendsGal 10 1,7 2014 yo’q Kiyim
 Izobility 500 1,5 2012 bor Kiyim
 NewFrog 40 1,5 2010 yo’q Kiyim
 PandaHall 40 1 2003 bor  Taqinchoqlar
 Coolicool 275 0,95 2012 bor Elektronika +
 BuyinCoins 130 0,135 2009 bor Hilma xil

Endi barcha do’konlar haqida batafsil ma’lumot beraman. Maqoladagi rasmlarni kattalashtirish mumkin, buning uchun ustiga bosing.

Xitoyning Internet magazinlari

1. Aliexpress — bu bepul dostavka (yetkazib berish) qiluvchi xitoyning internet magazini boshqalarini ichida SARDOR sanaladi. Uni do’kon deb ham bo’lmaydi, bu minglab xitoyliklar savdo qiladigan bozor.

aliexpress internet magazini

Bu do’kon foydalanuvchilar tashrifi soni bo’yicha JUDA oldinga o’tib ketgan: 1 oyda 638 mln odam tashrif buyuradi, 90 mln — bu uning eng yaqin turgan raqobatchisi ko’rsatkichi. Hamda bu faqatgina saytning ingliz tilidagi talqiniga tashrif buyuruvchilar soni, boshqa tildagilari ostki domenlarda joylashgan va ularga tashriflar qanchaligi alohida o’lchanadi.

aliexpress reytingi

Shuni aytishim mumkinki, saytni rus tilidagi versiyasiga oyiga 230 millionta odam tashrif buyuradi — tasavvur qilyapsizmi? Raqobatchi saytlar bir chetda tomosha qilib turishipti

rus tilidagi aliexpress reytingi

Aliexpressga yaqin turgan raqobatchi kim ekan? Mana u bizning qaxramon:

2. Gearbest — shu tarafi e’tiborliki, bu Internet do’kon 2013-yilda yaratilgan, lekin shu vaqt ichida juda yahshi ko’rsatkichlarga erishdi. Asosan yahshi elektronika, planshet, noutbuk, smartfon va boshqa tovarlar sotadi.

xitoyning gearbest internet magazini

Saytning rus tilidagi talqini yaqin kunlarda ishga tushdi va u kun sayin ko’tarilib bormoqda. Lekin men asosiy sayt reytingini namoyish etmoqchiman

xitoyning gearbest internet magazini reytingi

Rasmdagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, do’konni mijozi asosan Ispaniyaliklar, u yerda ispaniyaning barcha saytlari ichida 55-o’rinda.

3. Banggood — bu xitoyning internet magazini oyiga 40 million tashrif bilan uchinchi o’rinni egalladi. Bu yerda ham asosiy tovar elektronikani tashkil etadi.

xitoyning banggood internet magazini

O’z tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkin, bu saytda aliexpressdan ham topib bo’lmaydigan ko’pgina tovarlar bor. Mening bir tanishim bu saytdan lazerli stanok xarid qildi, aliexpressda bunday narsa yo’q. Mana bu sayt haqida bir qancha ma’lumot:

xitoyning banggood internet magazini reytingi

Saytning rus tilida qo’llab quvvatlash xizmati borligi esa taqsinga loyiq. Sayt doim har xil aksiyalar va chegirmalar uyushtirib turadi, agar unga vaqtida kirsangiz, arzon narxda kerakli biror nima xarid qilishingiz mumkin.

4. Dhgate — bu yana bir elektronikaga oid xitoyning internet do’koni. 22 million odam oyiga — bu kam emas.

xitoyning dhgate internet magazini

Quyidagi rasmda ko’rinib turibdiki saytning mijozlari soni kun sayin ortmoqda:

xitoyning dhgate internet magazini reytingi

5. DX — oyiga 14 million odam tashrif buyuradigan yana bir xitoyning elektronika supermarketi. Shunisi ahamiyatliki, bu xitoyning internet magazini bugun sizga taqdim etganlarimiz ichida ENG qarisi — 1994 yilda tashkil topgan!

xitoyning dx-com internet magazini

Rus tilini to’liq qo’llab quvvatlaydi, saytning o’zi ham juda sifatli yaratilgan. Statistikaga ko’ra, bu magazinni ko’proq Braziliyada sevishadi:

xitoyning dx-com internet magazini reytingi

6. MiniInTheBox — bu xitoyning magazini ham elektronika bilan tirikchilik qiladi, lampochkadan tortib smartfongacha topish mumkin.

xitoyning miniinthebox-com internet magazini

Sayt rus tilida ishlaydi va bundan avvalgi juda o’xshab ketadi. Do’kon savdo-sotiqlari bir maromda ketmoqda, lekin avvalgisiga o’xshab yuqoriga qarab emas.

xitoyning miniinthebox-com internet magazini reytingi

7. GeekBuying — va bu magazinda ham faqat elektronika tovarlarni ko’rish mumkin, ha, nima qilsa ham Xitoy bu boradi ilgarilab ketgan. Sayt to’liq rus tilida ishlamaydi, onlayn tarjima qilish mumkin:

xitoyning geekbuying-com internet magazini

Hali ancha yosh bo’lgan bu saytning ishlari qanday ketmoqda ?

xitoyning geekbuying-com internet magazini reytingi

Magazin yuqoriga intilmoqda, demak xaridorlar undan mamnun, vaqt bo’lganda uni bir ko’zdan kechirish kerak.

8. Rosegal — va nihoyat, arzon narxda kiyim sotadigan xitoyning internet magaziniga ham yetib keldik, shunisi qiziqki, u faqat ikta tilda ishlaydi, ular orasida ruscha yo’q (ingliz va fransuz tillarida):

xitoyning rosegal-com internet magazini

Statistikaga ko’ra, sayt yahshigina odam yo’qotgan, deyarli ikki baravar, lekin u yana xaridorlarni jalb eta boshladi:

xitoyning Rosegal-com internet magazini reytingi

9. Rose Wholesale — bu xitoyning kiyim-kechaklar sotadigan internet magazini avvalgisiga o’xshab ketadi. Avvalgisidan birgina farqi, bunda ispan tili ham bor, lekin qolgan taraflari bir xil.

xitoyning rosewholesale-com internet magazini

Tashriflar soni bo’yicha uning ishlari qanday ketmoqda?

xitoyning rosewholesale-com internet magazini reytingi

Ko’rib turganingizdek, sayt oldinga intilmoqda, lekin baribir 6 million — hech nima emasda.

10. TinyDeal — xitoyning eng zo’r o’ntaligini tugatib beradigan «mini aliexpress», bu yerda elektronika ham, kiyim-kechak ham va boshqa ko’pgina tovar topish mumkin. Lekin baribir gadjetlar birinchi o’rinda:

xitoyning tinydeal-com internet magazini

Magazin ishlari qanday ketmoqda? Aytgancha, bu saytni Rossiyada juda sevishadi va buni s Vkontakte va Odnoklassnikida rasmiy sahifalari borligidan bilsa bo’ladi. Statistika esa nima deydi?

xitoyning tinydeal-com internet magazini reytingi

Ha, bu saytga odamlar asosan Rossiyadan kirishadi, lekin bu do’konchani aliexpressga yetishiga hali ancha bor…

Men shu tartibda barcha do’konlarga ta’rif berib chiqmoqchi edim, lekin bundan ma’no yo’q ko’rinadi, shu yergacha o’qiganingizni o’zi katta gap, siz haqiqiy qaxramon ekansiz. Shu o’nta do’konni o’zi ham sizga kerakli narsani xarid qilish uchun yetarli deb o’ylayman. Lekin yo’q, bularning ichida bitta ajralib turadigani bor ekan, u haqida ma’lumot beray.

PandaHall — bu taqinchoqlar va furnituralar sotuvchi Xitoy magazini. Men taniydigan bir qancha ayollar o’zlari taqinchoqlar yasashadi, men darxol ularga bu saytni berdim:

xitoyning pandahall-com internet magazini

Bu sayt tashriflar soni bo’yicha avvalgilari bilan bellasha olmaydi, lekin u baribir juda yahshi, shuningdek to’liq rus tilida ishlaydi.

Kelajakda men yuqorida do’konlar haqida alohida ma’lumot bermoqchiman, hamda har biridan ro’yxatdan o’tib, maxsulot buyurtma qilib ko’rmoqchiman, shuning uchun sizga bunday mavzular qiziq bo’lsa, yangiliklarga obuna bo’ling.

Agarda siz bu Xitoy magazinlari haqida biz yozmagan nimadir bilsangiz, izoh orqali yozib qoldirishingizni so’ragan bo’lardim, sizning fikringiz men uchun juda qiziqarli…

Yana qanday Xitoy internet magazinlarini topdim?

Aslini olganda, Xitoyning internet do’konlari bu maqolada yozilganidan ancha ko’p ekan. Nega men ularni chetlab o’tishim kerak? Balki ular batafsil yoritib berishimga arzimas, lekin eslab o’tishimga arziydi. Boshladik…

Yoins — ayollar kiyimi, oyoq kiyimi va aksessuarlar magazini. Rus tili borligi juda ham a’lo.

xitoyning YOINS-AYOLLAR-KIYIMI internet magazini

TOMTOP — yana bir ko’p narsa sotib olsa bo’ladigan xitoyning internet do’koni (navbatdagi mini aliexpress). Rus tili bor va bu o’ziga tortadi.

xitoyning ulgurji arzon kiyim elektronika uy va bog tovarlar magazini

 

 

Tidebuy — ko’pgina maxsulotlar, kiyimdan tortib elektronikagacha sotadigan yahshi bir Xitoy do’koni. Rus tili bor, lekin tarjima sal tushunarsiz.

xitoyning Tidebuy-moda-koylaklar internet magazini

Zapals — xitoyning elektronika do’koni, juda qiziq sayt, men aliexpressda uchratmagan tovarlar ko’p.  Rus tili bor, lekin bu shunchaki Google tarjimasi. Baribir yo’qdan ko’ra-da.

Zapals-global-internet-magazin

Yangi Xitoy do’konlari chiqishi bilan bu maqolaga qo’shib boriladi. Agar siz yana boshqa do’konlarni bilsangiz, ular haqida izoh yozib qoldiring. Men ular haqida ham bu yerga ma’lumot kiritaman…

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz