aliexpressdan telefon sotib olish

0 +1 -1
Kamol so'radi 2 года avval

men alixepress magazinidan telefon olmoqchiman  lekin kup telfonlar masalan galaxy s7 deb qidruv berdim kupini
Refurbished aytilgan ingilischaiga  xullas tamirlangan  yangi new deganlari xam bor bular uzimizni narxdan ancha qimmat men alexdan telfon zakas qilib sotmoqchiman usha qayta tamirlanganlarini yangilanganlarini buyurtma qilib yurtimiz bazorlarida yangi telfonlar qatoriga quyib sotsam buladima? darvoqi uzimizga ham xitoydan yangideb ishlab chiqrilishi tuxtatilgan galaxy s4 galxy s5 lar sotilyapdi yangilari bilan bular qandy shu tugrisida tuliq malumot yozib javob bersangiz

Javoblar soni: 1
0 +1 -1
Best Answer
Ali_O'zbek Raxbariyat javob bergan 2 года avval

Aliexpress Xitoy mahsulotlariga moslashtirilgan sayt. Siz aytgan telefonlar Samsung, ya’ni Koreyada ishlab chiqarilgan. Bu telefonlarni Koreyadan Xitoyga olib kelib, keyin bizga yuborishsa qimmatga tushar edilar. Shuning uchun ham Aliexpressda faqatgina bir variant, REFURBISHEDni (qayta tiklangan) uchratish mumkin. Chunki Xitoyliklar buzilgan telefonlarni tuzatib sotishga juda ustalar.
Telefonni buyurtma qilib sotishga esa hech qanday maslahat bera olmayman. Chunki pochta orqali kelgan mahsulotni sotish mumkin emas. Huddi mashina olganda 1 yilga to’lmasdan sotib bo’lmagandek
Lekin boshqa bir yo’li bor:
Telefonga mijoz topasiz, u telefon pulini to’laydi + sizni xizmat haqqingiz. Telefonni uni manziliga buyurtma qilasiz. Bu qonunan ta’qiqlanmagan