Qanday qilib Aliexpressdan xarid qilish mumkin?

Aliexpressdan xarid qilish qiyin emas, ARZON va SIFATLI tovar sotib olish — mana nima qiyin. Lekin buni barchasini iloji bor, bo’lmasa bu maqolani yozmagan bo’lardim. Ho’sh, keyinchalik afsuslanmasligimiz uchun, aliexpressda qanday xarid qilish kerak?

Agar siz tovarni korzinkaga (savatga) joylagan bo’lsangiz, uni xarid qilishga shoshilmang. Bu bosqichda ENG MUHIMI keshbekni aktivatsiya qilish. Agarda siz birorta ham keshbek servisda ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz keshbek bu nima? Qaysi keshbek servisdan foydalangan afzal? — maqolasini o’qib chiqing. Xarid vaqtida keshbekdan foydalanish evaziga siz 30% gacha pulingizni tejab qolishingiz mumkin, bu esa juda foydali, ayniqsa, katta xaridlar qilayotganda yoki qimmatroq tovar olayotganda.

Nega xarid qilganimdan so’ng menga keshbek berishmadi?

Mening izlanishlarim shuni ko’rsattiki, keshbek ANIQ tushishini istasangiz, korzinkadan xarid qilish noto’g’ri. Menda bunday qayg’uli holat bo’lgan, endi men mana bunday yo’l tutayapman:

aliexpressdan xarid qilish - keshbekni plaginni yoqish

  1. Xarid qilishdan avval, brauzerdagi keshbek plagin yoniq ekaniga, hamda siz u yerda avtorizatsiyadan o’tganingizga (login parol kiritganingizga) ishonch hosil qiling.
  2. Korzinkaga kiring va u yerdan tovarni sahifasiga o’ting.
  3. Plaginda «АКТИВИРОВАТЬ КЭШБЭК» tugmasini bosing.
  4. Tovar sahifasida «КУПИТЬ СЕЙЧАС» tugmasini bosing.

Faqatgina shunday yo’l tutsangiz, keshbek sizga 100% aniq tushishi mumkin. Lekin yana bir narsani hisobga olish kerak. Shunday holatlar bo’ladiki, siz tekshirish uchun har xil keshbek servislarni plaginini brauzeringizga o’rnatib ko’rasiz. Mana xarid qilyapsiz, nima deb o’ylaysiz, keshbek servislarning qaysi biri sizga pul berarkin?

Siz oxirgi bo’lib aktivatsiya qilganingiz albatta. Yana shunday bo’lishi mumkinki, sizda ikkita plagin bor: birida 10% foiz keshbek berishadi va siz uni ishlatmoqchisiz, ikkinchisida esa 5% keshbek berishadi va siz u yerda ro’yxatdan o’tganingiz esingizda yo’q.

aliexpressdan xarid qilish - google chrome plaginlari ro'yxati

Bundan keyin siz operatorlarni «meni pullarim qani» deb qiyin ahvolga qo’yasiz, ular esa qo’llarini ikki tarafga yoyishadi, chunki ularga sizni xaridingiz haqida ma’lumot kelmagan. Shuning uchun, xarid qilishdan avval, brauzerning kengaytmalarni (plaginlarni) sozlash menyusiga kiring va sizni pulni o’g’irlashi mumkin bo’lgan keraksiz plaginlarni o’chirib tashlang.

Qanday qilib Aliexpressda chegirma olish mumkin?

Aliexpressda arzon xarid qilish yana bir yo’li — bu kuponlardan foydalanish. Siz kuponiga ega magazinda sizga kerakli tovar chegirma evaziga ancha arzon tushadi yoki unga o’xshash boshqasini yahshi narxga topishingiz mumkin.

aliexpressdan kupon ishlatib xarid qilish

Aliexpressda chegirma olishning yana bir yo’li bor — sotuvchi bilan aloqaga chiqish va chegirma so’rash, ayniqsa, tovar juda qimmat bo’lganda. Bir xillar bunday yo’l tutishadi: tovarni pulini to’laydilar, lekin oxirigacha emas. Sotuvchi tovar deyarli sotib olingan, lekin to’lov tasdiqlanmaganini ko’radi, mana shunday paytda u o’zi sizga yozishi mumkin va chegirma so’rash uchun ayni muddao.

Ko’pgina sotuvchilar o’z qimmat tovarlarini JUDA sotgilari keladi va sizga narxini albatta tushirib berishadi. Agarda bunga rozi bo’lmasa, boshqa sotuvchidan chegirma so’rashga urinib ko’rsangiz bo’ladi.

Qanday qilib Aliexpressda tovar xarid qilinadi? Qadam-baqadam tushuntiraman

Endi xarid qilish jarayoniga o’tamiz. Men aliexpressdan mikrofonli naushnik (quloqchin) sotib olishim kerak va buni hozir amalga oshiraman. Naushnik sotiladigan sahifaga o’taman va «купить сейчас» tugmasini bosaman (bundan avval keshbek olish operatsiyasini bajarib bo’ldim).aliexpressdan naushnik xarid qilish

So’ngra sizni zakaz (buyurtma) sahifasiga yuborishadi. Agar siz birinchi marta xarid qilayotgan bo’lsangiz, sizdan yetkazib berish manzilini so’rashadi. Bu maqolada siz Qanday qilib aliexpressda yetkazib berish manzilini to’ldirish mumkin? — savoliga javob topasiz.

aliexpressdan xarid qilish - manzilni ko'rsatish

Sahifani pastrog’iga tushsangiz, ikkinchi punkt — оформление заказа (buyurtmani rasmiylashtirish) ni ko’rasiz.  Mana shu yerda bir foydali ish qilish mumkin:Aliexpressda sotuvchiga izoh qoldirish

Birinchidan, sotuvchi uchun «Оставить комментарий для продавца:» bo’limida o’z talablaringizni yozib qoldirishingiz mumkin. Masalan, men ikkita naushnik zakaz qilmoqchiman, biri qizil, biri qora. Lekin tovar sahifasida buni amalga oshira olmayman, chunki u yerda 2ta qizil yoki 2ta qora buyurtma qilish mumkin.

Shuning uchun men ikkita qora zakaz qildim, lekin sotuvchidan, menga 1ta qora 1ta qizil yuborishini so’radim. Va albatta sotuvchi bu iltimosingizni bajaradi, agarda narxlari bir xil bo’lsa.

Ikkinchidan, xarid qilayotgan vaqtingiz sizda kupon bo’lsa, uni ishlatishingiz mumkin. Agar yo’q bo’lsa, hech nima qilmang, shunchaki «Подтвердить и оплатить» tugmasini bosing.

DIQQAT! Sahifaning eng pastki qismida, belgilash mumkin bo’lgan yana bir qiziq punkt bor.Bu nima?
aliexpressda tovarni rasmiylashtirish

Bu yerga galochka qo’yib, siz email manzilingizni sotuvchiga ko’rsatishga ruxsat berasiz. Bunday holatda sotuvchi yangi tovarlarini reklama qilib pochtangizga yuborib turadi. Agarda bu sizga kerak bo’lsa, bemalol, kerak bo’lmasa, u yerga hech qachon galochka qo’ymang. Aks holda pochtangiz keraksiz xatlarga to’lib ketadi.

Sahifada yana bir punkt bor, u yerda bizdan pulni qaysi usul orqali to’lashimizni so’rashadi. Rasmda strelka ko’rsatilgan «Другие способы оплаты»  maydoniga bosib turamiz. To’lovni amalga oshirish haqida maqola oxirida batafsil yozaman.

«Подтвердить и оплатить» tugmasini bosganingizdan so’ng, bunday sahifaga borasiz:

Aliexpressda xarid uchun tolov amalga oshirish

Qanday to’lov usulini tanlash kerak?

Ko’pchilik pulni bank kartalari (VISA, MasterCard) orqali to’lashadi, bu eng yahshi usul emas, lekin eng osoni. Nega?

  1. Bank kartasida ko’pincha katta pul saqlanadi.
  2. Sizning kompyuterda kartangiz ma’lumotlarini o’g’irlab oladigan virus bo’lishi mumkin.
  3. Agar siz keshbek olsangiz, uni bank kartasiga yechib olish bosh og’riqqa aylanishi mumkin.

Aynan men aliexpressda xarid qilish uchun Webmoney dollar (WMZ) hamyonidan foydalanaman. Mana nega:

  1. Bizda webmoney hamyonni to’ldirish muammo emas. Bunday xizmatlarni taqdim etadigan saytlar ko’p, lekin eng ishonchlisi wmztashkent.com servislari.
  2. Barcha keshbek servislar pulingizni muammosiz webmoneyga yechib berishadi, ko’pincha soliq ham olishmaydi. Bank kartalariga esa 6% gacha soliq olishadi.
  3. Balansingizda katta pul saqlamaysiz va havfsizlik uchun qayg’urishga hojat qolmaydi.
  4. Webmoneyni hafvsizligi juda kuchli ta’minlangan.
  5. Webmoneyni bank kartangiz orqali pul tushirish muammo emas.
  6. Va eng muximi: Aliexpressda to’lovni amalga oshirish juda OSON!

Umuman olganda, bu hammaning shaxsiy ishi, men shunchaki o’z tajribam bilan o’rtoqlashdim. Mana xarid qilayotganda ortiqcha harajatlarsiz, aksincha, yahshigina pulni tejab qolishni va Qanday qilib Aliexpressdan xarid qilish mumkin? — degan savolga javob ham topdingiz. Savollar bormi — yozing, har doim hammaga javob yozaman.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz