Qanday qilib Aliexpressdan pulni qaytarish mumkin?

Aliekspressdan sotib olish havfli bo’lmasa ham, ammo shunday vaziyatlar borki, odamlarga tovar yetib bormaydi yoki tovarning sifati kutilgan darajada chiqmaydi. Shunda, “Aliekspressdan qanday qilib pulni qaytarib olish mumkin?” degan savol tug’ilishi tayin. Bu maqolada men sizlarga barcha paydo bo’lib qolishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni va har qanday vaziyatda pulni qaytarib olish yo’llarini tushuntirib o’taman.

Aliekspressdan qanday qilib pulni tez qaytarib olsa bo’ladi?

Shu o’rinda bir muhim narsani aytib o’tishim zarur: pulni qaytarib olishda, PUL HECH QACHON DARROV QAYTARIB BERILMAYDI. Sizning to’lovingizni ko’rib chiqishlari uchun bir necha kun kerak bo’ladi. Shuning uchun darrov vahimaga tushib qolmang, shunchaki bir oz sabr qiling. Mana mening ohirgi namunalarimning biri:

Ko’rib turganingizdek, to’lovimni ko’rib chiqishlari kamida bir kun davom etdi, amalda esa undan ham ko’proq, mana so’nggi bir haridorning vaziyati.

Endi esa, qanday vaziyatlarda sizda Aliekspressdan pulni qaytarib olish istagi paydo bo’lib qolishi mumkinligi to’g’risida:

Aliekspressdan tovar yetib kelmadi.

Agar tovar tavsifiga tog’ri kelmasa.

Buyurtma siz yoki sotuvchi tomonidan bekor qilingan bo’lsa.

Agar tovar buzuq bo’lib chiqsa.

Balki boshqa vaziyatlar ham bordur, ammo bular eng ko’p tarqalgan hisoblanadi. Aliekspressdan pulni qaytarib olish vaziyatlari DOIM BAHSLAR KELIB CHIQISHI BILAN BOG’LIQ, usiz hech kim hech qachon sizga pulingizni qaytarib bermaydi. Agar hali ham bu haqda yetarlicha bilimga ega bo’lmasangiz, bu holda Aliekspressda qanday qilib bahslarni keltirib chiqarish mumkinligi to’g’risida maqolani o’qib chiqing.

Aliekspressdan tovar yetib kelmagan bo’lsa pulni qanday qilib qaytarib olsa bo’ladi?

Bu sizning posilkangiz bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng ko’p uchraydigan muammolardan biridir. Ming afsuski, ba’zida posilkalarni yo’lda o’g’irlab oladilar, bazida esa sotuvchining o’zi posilkani jo’natmaydi, chunki u kelishuvni ohirigacha yetkazib ola olmasligingizga va uning avtomatik ravishda bekor qilinishiga umid qiladi.

Hamda bunday vaziyatda trek ko’pincha kuzatib borilmaydi, yoki kuzatib boriladi lekin undagi posilka umuman boshqa manzilga borayotgan bo’ladi. Sotuvchi pulni tejab olish maqsadida, bitta trek raqamini yuzlab tovarlarga berishi mumkin, yoki faqat Xitoy bo’yicha kuzatib boriladigan trekni (odatda faqat raqamlardan iborat bo’ladi) berishi mumkin.

SIZNING HARAKATLARINGIZ: Bitim tugashidan bir necha kun oldin (tahminan 3 kun oldin) bahsni ochasiz va muzokarada ham shu yo’l tutasiz. FAQAT QAYTARIB OLISHni tanlaysiz:Qanday qilib Aliexpressdan pulni qaytarish mumkin - qaytarish

Undan so’ng esa, rasmdagidek punktlarni tanlaymiz:

Siz qaytarib olmoqchi bo’lgan pul miqdorini terasiz, ammo tovar narhidan oshmagan bo’lishi kerak, albatta. Hamda, quyida ingliz tilida shikoyatingizning mazmunini yozib o’tishingiz mumkin.

Bunday holatda, menga Aliekspressdan pul qaytarib berilmagan HOLATLAR UMUMAN BO’LMAGAN. Bu trek, ham raqami kuzatib borilmaydigan, hamda sotuvchi boshqa manzilga trek raqamini bergan holatlarga to’g’ri keladi.

Agar tovar tavsiflarga togri kelmasa

Bu bo’limda o’xshash vaziyatlarni ko’rib chiqaman, farqi shundaki, buni siz qanday ataysiz, ammo mazmuni bir – tovar YOMON! Har qanday vaziyatda hammasi bir narsaga borib taqaladi: muammoni to’g’ri ko’rsatib berish.

Aliekspressdan sifatsiz Tovar uchun qanday qilib pulni qaytarib olish mumkin?

Shunday vaziyatlar bo’ladiki, tovar keldiyu ammo u sifatsiz. Bu mazmunga har bir inson o’z ma’nosini beradi, ammo to’g’ri qilib aytganda: tovar noto’g’ri ishlangani yoki sifatsiz matolardan ishlab chiqilgani uchun o’z vazifalarini to’liq bajara olmaydi.

Bu muammoni yechishning ikki yo’li mavjud: sotuvchiga tovarni qayta jo’natib yuborish, hamda pulingizni qaytarib berishlarini so’rashingiz mumkin, yoki pul kompensatsiyasini olish.  Bularning bari bahs orqali hal qilinadi, bunda har bir vaziyat uchun bir universal maslahat berish qiyin. Agar tovarni qaytarib olish qaroriga kelgan bo’lsangiz, bu holda bahsda mana bu tugmani bosishingiz kerak bo’ladi:

Bundan so’ng, TOVAR TAVSIFIGA TO’G’RI KELMAYDI, bundan so’ng esa, masalan, SIFATI PAST degan punktlarini tanlab olishingiz kerak bo’ladi. Shu kabi, u yerda boshqa punktlar ham mavjud.

Tovar buzuq bo’lsa Aliekspressdan pulni qanday qilib qaytarib olsa bo’ladi?

Agar tovarning singan yoki buzilganligi aniq bo’lsa, u holda TO’G’RI ISHLAMAYDI degan punktni tanlash mumkin, chunki xitoyliklar BUZUQ degan so’zni bilmaydilar:

Barchasi rus tilida bo’lganligi va unda qanday vaziyat aynan sizga ko’proq to’g’ri kelishini osonlarcha o’rganib chiqish mumkinligi insonni quvontiradi. Agar qiyinchiliklar paydo bo’lib qolsa, izohlarda yozib yuboring, qo’ldan kelgancha yordam berib yuborishga harakat qilaman. Endi esa qolganlari to’g’risida.

Buyurtma bekor qilingan bolsa, Aliekspressdan pulni qanday qilib qaytarib olsa boladi?

Yana bir odatiy vaziyat: siz tovarga buyurtma berdingiz, ammo keyin fikringizdan qaytib buyurtmani bekor qildingiz. Agar siz 24soat ichida bu ishni bajarishga ulgurgan bo’lsangiz, bu holda muammo tug’ilmaydi, pulingiz tez orada, kamida bir kunda, qaytarib beriladi.

Agar sotuvchi tovarni yoborishga ulgurib bo’lgan bo’lsa, bu holda faqatgina uni kutishingiz va undan so’ng qayta yuborishingizga to’g’ri keladi(agar sotuvchi rozi bo’lsa), sotuvchi tovaringizni qabul qilganidan so’ng, pulingiz qaytarib beriladi. Tovarning orqaga qaytish yoliga siz tolaysiz, shuning uchun, Aliekspressdan buyurtma berishdan oldin ming marta o’ylab ko’ring, ayniqsa qimmatbaho narsalarni buyurganda.

Bahs yopilgan bolsa, Aliekspressdan pulni qanday qilib qaytarib olsa boladi?

Bahs yopilgan vaziyatlar ham bo’lib turadi, balki siz uchun muvaffaqiyatli emasdir, ammo siz esa hali ham rozi emassiz va pulingizni qaytarib olmoqchisiz. Bunday og’ir vaziyatlarda ALIEKSPRESSNING QOLLABQUVVATLASH XIZMATIGA murojaat qilish zarur.

Agar bu ham kamlik qilsa, va sizga menedjer emas, balki muammoni ROSTDAN ham hal qilib beradigan inson kerak bo’lsa, u holda aliekspressga SHIKOYAT QILISHINGIZ mumkin bo’ladi.

Shuni bilingki, bu holda ingliz yoki xitoy tillarida tushuntirishingizga to’g’ri keladi, ammo bu muammo emas, chunki hozirda onlayn tarjimonlar mavjud, masalan, Google hamda Яндекс.

Vaziyatlar undan ham ko’p bo’lishi mumkin, ammo ularning bari yuqorida ko’rsatib o’tilgan vaziyatlarga o’xshaydi. Sizlarga aliekspressdan pulni qaytarib olish to’g’risida batafsil tushuntirib bera oldim degan umiddaman, ammo hali ham savollaringiz bo’lsa, u holda bu maqolaga tegishli bo’lgan izohlarga yoki SAVOLLAR bo’limiga yozib yuborishingiz mumkin bo’ladi.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz