Qanday qilib aliexpressda yetkazib berish manzilini to’ldirish mumkin?

Bu muhim bo’limlarda biri chunki agar siz manzilingizni noto’g’ri yozsangiz mahsulotingiz 99% sizga yetib kelmaydi. O’zining manzilini yozishni qanday qiyinchiligi bor? Gap shundaki, manzil ingliz tilida, to’g’rirog’i o’zbekcha yoki ruschada lekin lotin harflarida yoziladi. Mahsulot aniq yetib kelishi uchun aliexpressda yetkazib berish manzilini qanday to’ldirish mumkin?

Men ko’p posilkalar qabul qilganim uchun ishonch bilan to’g’ri to’ldirganman deyishim mumkin. Bu maqolada men sizlarga aliexpressda manzilni qanday to’ldirish, manzilni inglizchada qanday qilib to’g’ri  yozish va qayeriga yozishni batafsil tushuntirib beraman

Aliexpressda qanday qilib manzil yozish?

Aliexpress saytini ochib МОЙ АЛИЭКСПРЕСС — АДРЕСА ДОСТАВКИ bo’limiga kirishingiz mumkin, yoki birdaniga shu manzil bo’yicha o’tishingiz mumkin. Bu yerda shuni ko’ramiz:

Qanday qilib aliexpressda yetkazib berish manzilini toldirish mumkin

Agar siz umuman manzil to’ldirmagan bo’lsangiz ДОБАВИТЬ НОВЫЙ АДРЕС tugmasini bosing yoki agarda siz avval ma’lumotlar kiritgan bo’lsangiz, hozir esa o’zgarish kiritmoqchi bo’lsangiz ИЗМЕНИТЬ yozuviga bosing

Natijada to’ldirishimiz kerak bo’lgan shunday formani olamiz:

Qanday qilib aliexpressda yetkazib berish manzilini toldirish mumkin toldirish

Endi esa sizlarga (ko’pchilik uchun) qiyin bo’lgan qismi – ingliz tilida qanday qilib manzil yozishi tushuntirib beraman

Yuqoridagi rasmda ko’rib turganingizdek ingliz tilidagi manzilni yozish juda onson, shu usulni qolgan maydonlarda ham qo’llaymiz. Keling hammasini tartib bilan o’rganib chiqamiz:

Adres maydoni. Familiya, ism va sharifingizni to’liq yozish JUDA MUHIM. Sharifning yo’qligi tufayli bojxonadan bu maydonni to’liq to’ldirish talabi bilan xat kelgani haqidagi holatlar ham bo’lgan.               

Mamlakat. Bu juda onson menyudan o’z mamlakatimizni tanlaymiz.

Ko’cha, dom, kvartira. Bu yerda bizdan so’ralayotgan narsani yozamiz, shunday formatda yozishingiz mumkin: Ko’k darvoza qishlog’i  Agar dom bo’lsa, shunday yozishingiz mumkin: Chilonzor-19-23-44. Kvartira va dom deb yozish shart emas, shunday ham hammasi tushunarli.

Kvartira,blok va т.п. Bu maydonni bemalol qoldirib ketishingiz mumkin.

Viloyat. Ro’yhatdan o’zimizni viloyatimizni tanlaymiz.

Shahar. Shuningdek translit orqali o’zimizni shahrimizni nomini aylantiramiz, masalan Navoi.

DIQQAT! Agar ro’yhatda sizning shahringiz yo’q bo’lsa, unda ko’changizni yozgan joyga verguldan keyin yozib qo’yasiz.

Shu savolni ko’pincha berishgani uchun qanday yozishni misol tariqasida ko’rsatib berdim:

Pochta indeksi. Barcha pochta bo’limlarining o’z pochta indekslari mavjud agar posilkangiz sizga yaqin bo’lgan bo’limga kelishini xoxlasangiz ANIQ indeksni yozish juda muhim. Uni qanday qilib bilish mumkin? Ushbu ro’yxatda barcha O’zbekiston viloyatlari va shaharlari pochta indekslari jamlangan:

O’zbekiston viloyatlari pochta indeksi

Telefon. Nega telefonimizni yozishimiz kerak. Xitoydan qo’ng’iroq qilishadimi? Yo’q, sizga posilka yetib kelgach, pochtadan qo’ng’iroq qilishadi.

Natijada bizda shunday bo’lishi kerak:

Qanday qilib aliexpressda yetkazib berish manzilini toldirish mumkin toldirish

Ko’rib turganingizdek, agar aliexpressda manzilni to’g’ri yozishni va shu servis haqida bilsak ushbu jarayon 5 daqiqani oladi. Shuningdek shu mavzu bo’yicha foydali videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Agar ma’lumot siz uchun qiziq va foydali bo’lgan bo’lsa, do’stlaringiz bilan bo’lishing, ularga ham  bu maslahatlar as qotadi.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

1 Izoh Maqola: "Qanday qilib aliexpressda yetkazib berish manzilini to’ldirish mumkin?"

Meni ogohlantiring
Izohlarni saralash:   yangilari | eskilari | ko'p ovoz berilgan

Malumotlar uchun kaaatta raxmat uylanib turuvdim qanaqa qilib junatsam deb uzim turkiyadaman inşallah muommo chiqmaydi.
Raxmat…

wpDiscuz