Qanday qilib Aliexpressda tovar qabul qilinganini tasdiqlash mumkin?

Mana, sizning birinchi posilkangiz ham yetib keldi va siz bundan juda xursandsiz! Endi nima qilasiz? Qanday qilib Aliexpressda tovar qabul qilinganini tasdiqlash mumkin va buni bajarish shartmi? Qanday qilib buni to’g’ri bajarish mumkin?

Aslida, siz tovarni qabul qilganingizni tasdiqlamasangiz ham, kafolat muddati tugagandan so’ng kelishuv avtomatik ravishda yopiladi. Ammo, sotuvchini havotirga solmaslik uchun, yopib qo’yganingiz yaxshi, tovar haqida, yaxshimi u yomonmi, fikrimizni yozish ham — bizning  muqaddas burchimizdir.

Aliexpressda buyurtmani qabul qilganingizni tasdiqlash uchun МОИ ЗАКАЗЫ (MENING BUYURTMALARIM) punktiga kiramiz. So’ng, biz hali qabul qilmagan buyurtmalarimizni ko’rish uchun, ЗАКАЗ ОТПРАВЛЕН (BUYURTMA YUBORILDI) punktiga bosamiz:Aliekspressda tovar qabul qilinganini qanday qilib tasdiqlash mumkin - buyurtma yuborildi

Endi o’zimizning tovarimizni topamiz va ПРОВЕРИТЬ ОТСЛЕЖИВАНИЕ (tovarni kuzatish) tugmasiga bosamiz:Aliekspressda tovar qabul qilinganini qanday qilib tasdiqlash mumkin - kuzatuv

So’ng tovarimiz to’g’risiga belgi qo’yamiz va ПОДТВЕРДИТЬ ПОЛУЧЕНИЕ ТОВАРА (TOVAR QABUL QILINGANINI TASDIQLASH) tugmasini bosamiz:Aliekspressda tovar qabul qilinganini qanday qilib tasdiqlash mumkin - tasdiqlash

Qilgan ishimizni tasdiqlash uchun ramka chiqadi, rozilik beramiz va bizni, tovar haqidagi fikrlarimizni (otziv) qoldira oladigan sahifaga yuborishadi.

Qanday qilib Aliexpressda fikr (otziv)ni yozish mumkin?

Men otzivni mana shunday to’ldirdim:

Qanday qilib aliekspressda fikr (otziv)ni yozish mumkin

Albatta, hech narsa yozmasak ham bo’ladi, lekin bu yaxshi bo’lmaydi, negaki, biz hammamiz otzivlarni oqishni yaxshi koramiz va kopincha shu otzivlar asosida, bu sotuvchidan sotib olish yoki olmaslik to’g’risida qaror qabul qilamiz? Mahsulot uchun qanday qilib Aliexpressda fikr qoldirish mumkin?

Endi esa, o’z saytiga trafik jalb qilmoqchi bo’lgan, vebmasterlar uchun yozaman.

Qanday qilib Aliexpressda otziv qoldirish mumkinki, u bizga ham foyda keltirsin?

Ko’rib turibsizki, men o’z saytimga, maqolaga ssilkani yozib qo’ydim, unda o’z tovarimni qisqacha ta’riflab qo’ydim.  Otziv ssilkani to’liq o’tkazmaydi, lekin uni matnli formatda (http://daromad.ru/keshbek-bu-nima) yozish mumkin, agar kimgadir kerak bo’lsa, u ssilkani kopiya qilib, brauzerga qo’yadi.  Va amaliyot bunday usul natija berishini ko’rsatdi (hozirgi kunda, bu, saytlarni ilgari surish uchun modadagi usul, u KRAUD MARKETING deb nomlanadi).

E’lon qilish (опубликовать) tugmasining yonida, «оставить отзыв анонимно» (galochka) ga e’tibor bering. Agar siz uni olib tashlamasangiz, unda sotuvchiga sizning ismingiz va elektron manzilingiz ma’lum bo’lib qoladi va keyinchalik u sizga o’z tovarlarining reklamasini yuborib turadi. (men bir marta bunday  ehtiyotsizlikka yo’l qo’ydim)

Tovarni qabul qilganingizni mana shunday oson tasdiqlashingiz va u haqda fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin. Agar nimadirga tushunmagan bo’lsangiz, maqola tagida izoh qoldiring, qo’limdan kelgancha yordam beraman 😉

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz