Qanday qilib Aliexpressda sotuvchini tekshirish mumkin?

Meni ko’p marotaba aliexpressda aldashgan, aniqrog’i aldamoqchi bo’lishgan. Aliexpressda tajribali insonni aldash oson emas lekin boshlang’ichlarni onsongina. Men aliexpressda qanday aldashlari haqida maqola yozganman, o’qib chiqishingiz mumkin, bu maqolada esa men sizlarga aliexpressda sotuvchini qanday tekshirish mumkinligini tushuntirib beraman axir buni tovaringiz yetib kelishi va kutgan narsangizni olishingizda 90% kafilligi bor.

Bu maqolada gap nima haqida boradi? Mana katta bo’lmagan muhokama rejasi:

Aliexpressda raqobatchilar orasidan sotuvchini qanday tanlash mumkin?

Aliexpress sotuvchilarining reytingi – medallar va koronalar nimani anglatadi?

Aliexpressda sotuvchini tekshirish – brauzerda kengaytmani ishlatish kerakmi?

Aliexpress sotuvchilarining qora ro’yxatini qayerdan topish mumkin?

Nega aliexpressning yaxshi sotuvchilari bazida pand berishadi?

Aliexpresssda sotuvchi bilan qanday bog’lanish mumkin?

Aliexpressda sotuvchiga qanday yozish mumkin?

Bu savollarning barchasiga javob olasiz. Agar nimadir tushunarsiz bo’lsa kommentariyada yozing yoki ALIEXPRESS BO’YICHA SAVOLLAR bo’limiga yozing

Aliexpressda qanday qilib sotuvchini tanlash mumkin?

Aliexpressda bir xil mahsulotni bir nechta sotuvchilar sotayotganiga e’tibor bergan bo’lsangiz kerak. Qaysi biridan olish kerak? Qachondir o‘zimga olmoqchi bo’lgan Xiaomi redmi 4A ni aniq misol qilib olamiz. Qarang qanday ko’p sotuvchilar bu mahsulotni sotishyapti:Qanday qilib Aliexpressda sotuvchini tekshirish mumkin - redmi 4a

O’rtacha 15ta sotuvchi bir xil modelni sotishyapti, qurilmaning narxlari ham har xil. Kimdan olsak bo’ladi? Keling tanlashingiz uchun qanday omillar ta’sir qilishi kerakligini tahlil qilamiz.

Tovar narxi. Ko’pchilik e’tibor beradigan birinchi narsa shu, va bu mantiqan to’gri chunki bitta qurilmaning o’zi 65 dan 204$gacha bo’lishi mumkin. Lekin eng arzon narxdagi mahsulotni olishga shoshilmang bu bilan vaqtingizni yo’qotishingiz mumkin hattoki pulingizni ham.

Gap shundaki, agar pulingizni ayasangiz aliexpressda oson aldanib qolasiz. Firibgarlar shunga umid qilishadi, shuning uchun shubhali arzon tovarlar bilan (agarda bu aksiya bo’lmasa) ehtiyot bo’lish kerak.

Shuningdek yetkazib berish bepulligini tekshiring, bo’lmasa arzon tovarimiz ham yetkazib berish narxi hisobiga qimmatlashib ketadi.

Tovarning reytingi. Agar tovar birinchi marta olmayotgan bo’lsangiz, tovarni tagida xaridorlarning sharhlaridan kelib chiqqan holda tovarning reytingini anglatuvchi yulduzchalarni ko’rasiz. Bu yaxshi belgi, chunki ko’pchilik mahsuloti olib yaxshi baholar qo’yganini anglatadi, va bu yomon mahsulot olishingiz ehtimolini kamaytiradi.

Agar mahsulotning reytingi yo’q bo’lsa, demak uni hali hech kim sotib olmagan va sotuvchining aliexpressdagi ishonchliligini va mahsulotning sifatini tekshirish qiyin bo’ladi. Lekin bu mahsulotni sotib olish kerak emas degani emas, chunki hech bo’lmasa bitta odam ham mahsulotni sotib olmasa va qabul qilmasa  mahsulot reytingga ega bo’lmaydiQanday qilib Aliexpressda sotuvchini tekshirish mumkin - redmi

Agarda mahsulotni reytingi past bo’lsa yoki boshqa sotuvchilarnikiga qaraganda past bo’lsa olishga aniq arzimaydi.

Buyurtmalar soni. Bu diqqatingizni jamlashingiz kerak bo’lgan muhim omillardan biri. Hammasi oddiy – agar ko’pgina odamlar aynan shu sotuvchidan   buyurtma qilishayotgan bo’lsa, demak u eng yaxshilardan biri axir odamlar shunchaki undan olishmaydiku.

Men mahsulot tanlayotganimda har doim buyurtmalar soni bo’yicha saralab olaman va shundan keyingina narxi va mahsulot reytingiga qarayman.

Xaridorlar sharhlari. Shuningdek xaridorlarning sharhlarini o’qish juda muhim, ayniqsa qabul qilganidan keyin darhol sharh yozilganini. emas balki mahsulotni tekshirgandan keyin yozilganini. Bunday sharhlar juda foydali.

Axir ko’pincha odam posilkasini qabul qiladida hammasi joyidaligini ko’rib darhol hursandchilikda sharh yozib qoldiradi. Keyin esa mahsulotni amalda sinab ko’rib nuqsoni borligini, ta’rifiga to’g’ri kelmasligini sezib qoladi va shunga o’xshash narsalar…Qanday qilib Aliexpressda sotuvchini tekshirish mumkin - izohlar

Vaqt o’tib kelishuv tugagandan keyin oldingisiga  qo’shimcha qilib sharh yozib qoldirish mumkin, bu sharhlar juda qimmatlidir.

Sotuvchining reytingi. Ko’rishimiz kerak bo’lgan oxirgisi bu sotuvchining o’zining reytingi, barcha mahsulotlarni shu reyting orqali saralash mumkin. Lekin bu siz sotib olayotgan mahsulotniki emas balki sotuvchining reytingi ekanligini inobatga olishimiz kerak

Medallar va koronalar nimani anglatadi?

Bu simvollar  aliexpress saytida sotuvchi qancha kelishuvlar olib borganini ko’rsatadi. Qancha ko’p kelishuvlar bo’lsa shuncha yaxshi, demak sotuvchi jiddiy. Lekin ballar  shunchaki kelishuvlar asosida emas balki omadli kelishuvlar buyurtmaning tez yetib borganligi va xaridorning mamnunligini inobatga olgan holda qo’yiladi.

 

Keyin korona va medallar orasida onson diqqatni jamlay olish uchun ularning ketma-ketligini eslab qolish qiyin emas. Yana bir muhim omil bu sotuvchining top belgisi:

 

Agar sotuvchida shunday belgi bo’lsa bemalol unda sotib, olishingiz mumkin chunki u yaxshi obro’ga loyiq.

Sotuvchining yoshi. Bu e’tibor berishingiz kerak bo’lgan yana bir omil. Agar sotuvchi va uning do’koni aliexpressda birinchi yil sotayotgan bo’lmasa demak firibgardan olmayotganingizga kafolat bor. Bu aliexpressdagi sotuvchini ishonchliligni tekshirishning yaxshi yo’li.

Agar do’konga 1-2 oy bo’lgan bo’lsa, mahsulotning narxi esa past, yetkazib berishning kafolat vaqti kam bo’lsa unda bunday sotuvchi bilan bog’lanmaganingiz yaxshi, aldanib qolishingiz mumkin.

Brauzer uchun kengaytmani ishlatish kerakmi?

Oxirgi paytda aliexpressda sotuvchilarni tekshirish uchun ko’pgina brauzerlar uchun kengaytma chiqarildi. Bir tomondan bu juda yaxshi fikr – saytga kirasiz kengaytma esa sizga sotuvchining reytingini ko’rsatadi. Misol uchun ALITOOLS kengaytmasini olamiz.

Bu kengaytmani onsongina o’rnatib olish mumkin va men hozir alliexpress saytiga kirib yuqorida aytilgan tovarlarni ko’raman. Bu kengaytma bilan sotuvchini qanday tekshirish mumkin? Mana uning qanday ishlashiga misol:

 

Plagin menga o’zim ham ko’rishim mumkin bo’lgan narsani ko’rsatdi faqat ma’lumotni umumiylashtirgan holda. Yaqona yaxshi tomoni shundaki berilgan mahsulotni video obzorini topishimiz mumkin lekin bo’lmasligi ham mumkin. Lekin haqiqatda youtubeda bunday videolardan 210 mingta!Qanday qilib Aliexpressda sotuvchini tekshirish mumkin - youtube

Umuman olganda dastur befoyda. Bundan tashqari bunday kengaytmalar cookie ni o’g’irlashi mumkin.

Men yaqinda o’ylab ko’rdim: bunday kengaytmalarni yaratuvchilariga uni yaratishdan nima foyda deb aylantirishga pul ketkazishmi , axir unda reklama ham yo’qku? Balki aliexpress sotuvchisini tekshirish niqobdir, aslida esa cookieni o’g’irlab bizdan foyda qilishayotgandir?

Men o’ylab o’tirmay aliexpressdan foyda topishga imkoniyat beradigan hamkor dasturim EPN menedjeri bilan aloqaga chiqdim. Men shu savolni berdim va menga shunday javob berishdi:

Men haq ekanman!  Bu kengaytmalar sizning cookielaringizni o’g’irlash va sizlarda pul ishlash uchun yaratiladi. Keyin menga nega keshbekimni o’tkazib berishmadi? deb o’ylaysiz. To’g’ri o’ylaysiz, chunki sizning keshbekingizni shu kengaytma olib qo’ygan bo’ladi.

Agar shunda ham bunday yordamchilarni ishlatmoqchi bo’lsangiz siz aliexpressda xarid qilmaydigan alohida brauzerga qo’ying

Aliexpressdagi sotuvchilarning qora ro’yxati

Mana bu juda foydali narsa, odamlar aliexpressdagi sotuvchilarning qora ro’yxatini yeg’adigan AliTrust  sayti mavjud. Hamma o’zining shikoyatlarini qo’shishi mumkin, qolganlar esa keyin biror narsa sotib olmoqchi bo’lgan sotuvchisini bazasini qidirishi mukin.Qanday qilib Aliexpressda sotuvchini tekshirish mumkin - alitrust

Agar u qora ro’yxatda bo’lsa undan sotib olish arzirmikan? deb ming marta o’ylab ko’rish kerak. Umuman olganda bu saytni yuqorida aytib o’tilgan AliTools kengaytmasini yaratgan odamlar yaratishgan, shuning uchun uni o’ylamasdan qo’yish kerak emas.

Bu saytdan tashqari yana bitta shunga o’xshash AliMonitor sayti mavjud, mavzu o’sha-o’sha saytdan qidirish mumkin yoki brauzerga kengaytma qo’yish mumkin.Qanday qilib Aliexpressda sotuvchini tekshirish mumkin - alimonitor

Ularning kengaytmasi haqida yomon hech nima deya olmayman, shunchaki mening maslahatlarimga amal qiling va uni asosiy brauzerga qo’ymang.

Nega aliexpressning yaxshi sotuvchilari bazida pand berishadi?

Shunday ham bo’ladiki, siz yaxshi sotuvchidan sotib olasiz lekin mahsulot yetib kelmaydi. Sabab nimada bo’lishi mumkin?

Menda shunday holat bo’lgan: men xotinim uchun aliexpressda soat buyurtma bergandim, u juda tez keldi, sifati o’rtacha. Lekin xotinim uni dugonasiga sovg’a qilishga qaror qildi va mendan huddi shu sotuvchidan huddi shunaqasini buyurtma berishimni so‘radi.

Nima deb o’ylaysiz? Soat kelmadi! Nega bunday holat bo’lishi mumkin?

Sotuvchi o’zining hodimiga buyurtmani yuborishni vazifa qilib berdi, u esa buyurtmani cho’ntagiga olib qoldi. Shunaqa bo’lishi mumkinmi? Balki kompaniyada odatda bitta odam ishlamas.

Pochtada posilka trek raqamisiz ekanligini ko’rishdi, demak kuzatilmayapti, agar uni o’g’irlashsa ham kim va qayerda buni qilganini umuman bilib bo’lmaydi.

Bojxona hodimi posilka trek raqamisiz ekanligini ko’rdi, pochta hodimi esa uni o’g’irlamadi va o’yladi: pochta hodimi sezmabdi o’zimga sovg’a hohlayman!

 

Juda ko’p o’xshash sabablarni keltirish mumkin, lekin barchasida bitta umumiylik bor – sotuvchi авось ga umid qilib kuzatilishi uchun pul to’lashni hohlamadi, natijada posilka sizga yetib kelmaydi.

Bunday holatda pulni qaytarib olish uchun vaqtida bahs ochish juda muhim. Siz yo’qotishingiz mumkin bo’lgan yagona narsa bu vaqtingiz! Shunday bo’lmasligi uchun bitta muhim qadam qo’yish kerak.

Aliexpressda sotuvchiga qanday yozish mumkin?

Ha, mahsulotni xarid qilishdan avval sotuvchiga yozish kerak va posilka sizga juda muhimligini, agar u kuzatilmasa, siz unga unga bitta yulduzcha qo’yib yomon sharh yozib qoldirishingizni to’gridan-to’gri aytishingiz kerak. Agar trek bo’lsa beshta yulduzcha qo’yasiz! Agar sotuvchi rozi bo’lib yaxshi trek berishga va’da bersa qo’rqmasdan sotib olishingiz mumkin.

Sotuvchiga to’g’ri mahsulotning kartochkasidan yozishingiz mumkin, qayta aloqa uchun forma mana bu yerda joylashgan:Qanday qilib Aliexpressda sotuvchini tekshirish mumkin - aloqa

Aliexpress sotuvchisiga qaysi tilda yozish kerak? Ingliz tilida yozish kerak, agarda bilmasangiz Google yoki Yandex tarjimonlaridan foydalaning.

Hulosa qilib shuni aytmoqchimanki, bu ishda tajriba darhol kelmaydi, lekin bir nechta xarid qilib , bir marta spor yutib o’zingizga bo’lgan ishonch yanada ortadi va aliexpress sayti va uning orqasida turgan odamlar xaridorning tarafdori ekanligiga amin bo’lasiz chunki xaridor pul to’laydi sotuvchi emas.

Savollaringiz bo’lsa yozib qoldiring, men HAMMAGA HAR DOIM javob qaytaraman.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz