Qanday qilib Aliexpressda sotuvchiga pulni qaytarib berish mumkin?

Yaqin kunlarda menda shunday vaziyat sodir bo’ldi: men mini kolonka buyurtma qildim, tovar juda uzoq vaqt yo’lda bo’ldi, men bahsni ochdim va menga pulni qaytarib berishdi. Ammo bir necha kundan so’ng kolonkalar ham yetib kelishdi. Agar men vijdonsiz bo’lganimda, kolonkalarni bepul oldim, deb xursand bo’lar edim. Lekin men unaqa muttaham emasman va endi aliexpressda qanday qilib sotuvchiga pul qaytarib berish to’grisida o’ylay boshladim.

Men sotuvchiga yozib, bo’lgan voqeadan xabardor qildim, kolonkalar kelganini va men pulni qaytarib bermoqchi ekanimni aytdim. Qanday qilsam yaxshiroq bo’ladi, deb so’radim. Men unga webmoney xamyonini yozishni taklif qildim, axir tovar uchun aynan shunday usul bilan to’lagandim.

Bunga javoban sotuvchi menga tushunarsiz nimadir yozdi, chunki men Google tarjimoni orqali yozgan edim va uning yozganlarini ham tarjima qilgan edim. Oxir oqibatda sotuvchi menga tovar uchun pul qaytarishimning eng oddiy yechimni aytdi.

U menga shunday dedi: BU TOVARNI YANA BUYURTMA QILGIN, LEKIN MEN UNI SENGA JO’NATMAYMAN! Mana, shunday oson, mening aqlim shunga yetmas edi, ammo ularning bunday masalalarda tajriba JUDA kattaga o’xshaydi. Qanday qilib aliekspressda sotuvchiga pulni qaytarib berish mumkin - xatNimaga men unga pulni qaytarib berishga qaror qildim, shunday qilmasam ham bo’lar ediku? Shu payti menga, hayolimda kimdir ushbu gaplarni aytganday bo’ldi:

Hayot – u Yer kabi, dumaloq, va agar sen hayotda orqada YOMONLIK qoldirib qadam bosayotgan bo’lsang, ertami kechmi u bilan yuzma-yuz to’qnashasan!Qanday qilib aliekspressda sotuvchiga pulni qaytarib berish mumkin - rasm

Xitoyliklar, yashash uchun pul topaman deb, chumolilardek mehnat qiladi, ularni pulga tushirish, men tomondan juda pastlik bo’lar edi. Agar biror sotuvchi sizni aldamoqchi bo’lsa, unda boshqa gap, lekin biz uchun ko’plab qiziqarli narsalarni ishlab chiqarayotgan oddiy mehnatkashlarga esa yordam berishimiz kerak.

Mana shunday qilib aliexpressda sotuvchiga pul qaytarib berish mumkin, hozir maqolamni tugatib bo’lgach, ushbu ajoyib kolonkalarni buyurtma qilishga boraman! Agar sizda aksincha holat bo’lsa, Aliexpressdan qanday qilib pulni qaytarish mumkin degan maqolani o’qing

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz