Qanday qilib Aliexpressda savdolashish mumkin?

Ko’pgina Aliexpressdagi tajribali xaridorlar aliexpressda savdolashish mumkinmi? — deb savol berib o’tirishmaydi. Albatta! Buning uchun muloyimlik va bir ozgina xushomad kerak bo’ladi. Lekin chegirmaning o’rniga yoqimli bo’lmagan oqibatlar kelib chiqishi mumkin.

Sizlarga uncha rostgo’y bo’lmagan sotuvchiga uchraganimni aytib bermoqchiman. Qanday qilib aliexpressda aldanmagan holda savdolashish mumkin?

Qanday qilib aliexpressda to’g’ri savdolashish kerak?

Men tovarni tanlab uni korzinkaga (savatcha) qo’shib qo’ydim. Keyin reja bo’yicha men to’lovni boshlayman lekin davom ettirmayman. Shunday yo’l bilan tovar «заказы» — «ожидается платёж» bo’limiga o’tib qoladi. Bunda sotuvchining javob berishi tezlashadi, chunki siz tanlangan narsani sotib olishga tayyorsiz, to’lash qoldi holos.

Sotuvchiga tanlangan ko’ylak, tufli, telefon, naushnik va hokazolar qanday yoqqanligi haqida xat yozasiz. Magazinni maqtaysiz va yaxshi sharhlar yozishga va’da berasiz. Ko’p holatda sotuvchi javob qaytaradi. Keyin reja bo’yicha chegirma so’raysiz, muloqotni tovar haqida savollar berib davom ettirishingiz ham mumkin.

Eng qiziq joyiga kelyapmiz. Sotuvchi menga narxi shundog’am past deb javob qaytaradi. Bu to’g’ri men hech qanday xato topa olmayman. Mana men to’lovni o’tkazishga tayyorman. Pochtaga shunga qaramasdan xat keladi:Aliexpressda qanday qilib savdolashish - xat

Yuqoridagi xatda, sotuvchi siz o’sha pulini hali to’lab ulgurmagan tovarning narxini o’zgartirgani haqida ma’lumot yozilgan.

Men hech qachon Aliexpressdan kelgan xatlarni e’tiborsiz qoldirmayman, har doim ularni ko’rib chiqaman. Lekin xatni o’tkazib yuborish ehtimoli bor. U spamga tushib qolishi mumkin, sizda hadeb «pochta qutingizni» tekshirish odatingiz yo’q. Bunday holatda, to’lovni qayta o’tkazishdan oldin Umumiy Summani diqqat bilan ko’rish kerak.Aliexpressda qanday qilib savdolashish - narx

Ko’rib turganingizdek sotuvchi narxini o’zgartirdi. Shubhasiz u narxi juda past deb qaror qildi va bitta tovarga umumiy summani boshlang’ich 5 ning o’rniga 116 dollarga ko’tarib qo’ydi. Albatta men buyurtmani bekor qilaman va sotuvchiga uyat bo’lishi kerak deb yozaman. Sotuvchi siz nohaqsiz deb tushunarsiz narsalar yozdi. Shu yerning o’zida biz aloqani uzdik.

Sotuvchilar bilan muloqot qilayotganda Yetti o’lchab bir kes maqoli yaqin do’stingiz bo’lib qoladi..) Xaridingizda omad shunday firibgarlarga uchramang! Kam xato qilishingiz uchun qanday qilib sotuvchini tekshirish mumkin deb nomlangan foydali maqolani o’qing.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz