Qanday qilib Aliexpressda pul to’lash mumkin?

Aliexpressda pul to’lash qanday amalga oshiriladi? Aliekspressda to’lovlarning qanday usullari mavjud? Aliekspressda xaridlarni qanday elektron hamyon orqali to’lash yaxshiroq? Hozir shular haqida suhbatlashamiz…

Aliexpressda pul to’lash: barcha to’lov turlari

Aliekspressda ko’p to’lov turlari mavjud, ularning qaysi biridan foydalanish kerak? Har bir mamlakat uchun to’lov turlari farq qilishi mumkin, O’zbekiston fuqarosiga aliekspressda qanday to’lash haqida gapiraman. Mana asosiy to’lov turlari:Aliexpressda pul to'lash: barcha to'lov turlari

Ko’rib turganingizdek, hozirda quyidagi usullar mavjud:

Yandex money — Runetning yirik qidiruv saytidan elektron pullar. (lekin bizda bu usuldan to’lashni iloji yo’qroq)

Qiwi — telefonga ulanadigan, to’lov xizmati.

Webmoney — elektron pullar, turli valyutalarda hamyonlar yaratish mumkin.

Western Union — barchamizga tanish bo’lgan xalqaro pul o’tkazish xizmati. U ko’pchilik uchun qulay bo’lishi mumkin.

Bank kartasi — Master card, Visa va Maestro.

Endi Aliexpressda pul to’lash turlari haqida alohida tushuntiraman, barcha kamchilik va afzalliklari haqida…

Aliexpressda VISA va MasterCard orqali qanday to’lanadi?

Ishonchim komilki, aliekspressda eng ko’p bank kartasi orqali to’lashadi. To’lovning bu usulida sizdan quyidagi ma’lumotlarni to’ldirish so’raladi:

Aliexpressda pul to'lash: Aliexpressda VISA va MasterCard orqali qanday tolanadi

Karta raqami — sizning kartangizda yozilgan barcha raqamlarni yozamiz – ular doim 16 ta.

Karta xizmat muddati yakunlanishining oy va yili – karta raqami ostida yozilgan, ikkitadan raqam.

Karta egasining ismi — lotin harflarida (katta bo’lishi shart emas) karta egasi nomini yozamiz.

Xavfsizlik kodi CVV — kartangizni o’giring va yozuv uchun ajratilgan joyda yozilgan so’ngi uch raqamni yozing.

Bo’ldi, endi to’lash tugmasini bosamiz. Bank va sizning sozlamalaringizga qarab sizga jo’natilgan SMS xabarda operatsiyani parol (siz oldindan o’ylab topgan) yoki kod bilan tasdiqlashingiz so’raladi.

DIQQAT! O’zbekistonda online xarid qilish uchun eng qulay usul — bu MAESTRO va VISA classic, uni qanday ochish va qaysi bankda ochgan yahshi ekanligi haqida ushbu maqolada o’qing.

Agar aliekspressda karta orqali to’lay olmayotgan bo’lsangiz, bunga quyidagi sabablar to’sqinlik qilmoqda:

Sizning kartangizdan mamlakatingiz chegarasidan tashqariga to’lash imkoniyati yo’q. Kartangizda Master card, Visa yoki Maestro yozuvi bo’lishi kerak. Agar bo’lmasa, unda chet el internet do’konlarida to’lov imkoniyati bo’lgan kartani oling.

Sizda internet orqali to’lash imkoniyati bloklangan. Ko’p banklar xavfsizlikka rioya qilgan holda bunday imkoniyatni bloklab qo’yadi. Siz o’z bankingizga onlayn kirishingiz va internetdan xarid qilish imkoniyatini yoqishingiz lozim.

Pulingiz tugagan. Oddiy holat, lekin bo’lib turadi…

Aliekspressda VISA, Maestro yoki MasterCard orqali xarid qilish qulaymi?

Bu yaxshi savol, garchi aliekspressda xaridlar yetarlicha xavfsiz bo’lsada, boshqa xavflarni hisobga olish lozim – KOMPYUTERINGIZDAGI VIRUSLAR.

Ha, agar kompyuteringizda troyan virusi bo’lsa, u siz xarid qilayotkanda kiritadigan ma’lumotlarni o’g’irlashi mumkin. Va siz xaridni amalga oshirganingizdan so’ng, xakerlar kartangizda qolgan pullarga o’zi va yaqinlariga ko’pdan-ko’p sovg’alar oladi…

Aliexpressda pul to'lash: VISA yoki MasterCard orqali xarid qilish qulaymi

Bunaqasi kam bo’lsa ham, lekin ehtimoldan holi emas va ishoning,  hatto eng kuchli antivirus, doim ham yordam bera olmaydi. Lekin bu holatdan chiqishning oddiy usuli bor – internet orqali xaridlar uchun alohida karta oling.

Shunda bo’rilar ham to’q bo’ladi, ham qo’ylar sog’ qoladi…

Qiwi orqali Aliekspressda to’lov amalga oshirish

Aliexpressda to’lov amalga oshirishda, QIWIdan juda kam foydalanaman. Chunki ular to’lov uchun oladigan foizlar baland, masalan, yandex dengi to’lov uchun foiz olmaydi, QIWI esa 1% oladi. Lekin o’zbek xalqining juda qo’li ochiq va tiyinlarni sanashga o’rganmagan, shuning uchun ko’pchilik mana shu to’lov tizimidan foydalanadi.

Aliekspressdagi tovarni Qiwi orqali xarid qilish uchun QIWI to’lov usulini tanlashingiz lozim:

QIWI orqali Aliekspressda pul to'lash

Maydonga QIWI hamyon ulangan telefon raqamingizni yozishingiz va «ОПЛАТИТЬ СЕЙЧАС» tugmasini bosishingiz kerak. Shundan so’ng to’lovni tasdiqlang va tovarni kelishini kuting.

QIWI oladigan summa siz aliekspressga to’laydigandan katta bo’lishi mumkinligini hisobga olish lozim, chunki QIWIda dollar kursi yaxshi emas. Lekin bu to’lov turi juda oddiy va qulay.

Webmoney orqali Aliexpressda pul to’lash

Aliexpressda webmoney orqali pul to’lashning qulayliklari juda ko’p, bu haqida ushbu maqola so’ngida ma’lumot berganman. Aynan shuning uchun men DOIM aliekspressda faqat Webmoney orqali to’layman. Quyidagi ilovaga o’tamiz:

Webmoney orqali Aliekspressda pul to'lash

Keyin sizni to’lovni tasdiqlashingiz lozim bo’lgan Webmoney saytiga yo’naltirishadi. Webmoney WMZ (dollar) hamyoningiz bo’lsa, aliekspressda to’lovni amalga oshirganda hech qanday konvertatsiyalar bo’lmasligi bilan juda ham qulay. Agar siz aliekspressda narxlarni dollarda ko’rsangiz, dastlab ular aynan dollarda turadi, unda tovar qancha bo’lsa aynan shuncha to’laysiz. Bu Webmoney to’lov tizimining plyuslaridan biri. Shuning uchun Aliexpressda tovar ko’rayotganda narxlarni dollarda ko’rsatish tugmasini (yuqorida, o’ng tarafda) bosib qo’ying.

Western Union orqali Aliexpressda to’lov amalga oshirish

Western union yurtimizning barcha burchaklarida bor va u haqida eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Yuqorida keltirib o’tgan to’lov turlari orqali to’lovni amalga oshira olmaydigan yoki ularni tushunmaydigan odamlar ichimizda bo’lsa, ular uchun Western Union orqali Aliexpressda to’lov amalga oshirish juda ham qulaydir. Chunki VISA, MasterCard va maestro ochish, kartani berishlarini 7 kun kutishingiz yoki Webmoney, QIWI, yandexga qayerdan pul tushiraman? — degan qiynoqli savollarni o’zingizga bermaysiz. Chunki Western Uniondan pul jo’natish juda ham OSON va u HAMMA JOYDA BOR.

Western Union orqali Aliexpressda xarid qilish, avvalgilariga qaraganda farq qiladi. Buning uchun sizga Aliexpress o’zining hisob raqamini beradi va siz o’sha hisob raqamga pul jo’natasiz. Hamda bu to’lov tizimi orqali pul to’lashning bir sharti bor: harid qilayotgan tovarlaringiz summasi $20 dan kam va $5 000 dan ko’p bo’lmasligi kerak. Aks holda bu to’lov turini tanlay olmaysiz:

Western Union orqali Aliekspressda pul to'lash

Agar zakazingiz miqdori $20dan baland bo’lsa, western unionni tanlang:
Western Union orqali Aliekspressda xarid

«Продолжить» tugmasini bosganingizdan so’ng, sizga kimga pul yuborishingiz kerakligi haqida ma’lumot ko’rsatiladi:

Western Union pulni qabul qiluvchi odam malumotlari

Название компании (Korxona nomi): Alipay Singapore E Commerce
Код компании (Korxona kodi): Alipay SG
Страна (Mamlakat): Singapore
Номер счёта (Hisob raqami) : 1891980315
Номер счёта действителен только для данного платежа — Ushbu xisob raqami faqat ushbu to’lov uchun
Пожалуйста, не используйте этот номер для других платежей. — Iltimos uni keyingi to’lovlaringizda ishlatmang

Yuqoridagi ma’lumotlarni biror joyga yozib, yahshisi telefonda sur’atga tushirib oling va yaqin atrofdagi Western Union filialiga qarab choping! Ha aytgancha, uydan chiqayotganda qancha pul to’lashingiz kerak ekanini ham biror joyga yozib oling va to’lovni AQSH valyutasida amalga oshirish kerak ekanini unutmang! Qabul qiluvchi odam ma’lumotlarini to’ldiring, u yerda mutaxassislardan yordam so’rang, ishingizni ancha yengillashtirib beradilar. Endi siz qiladigan ish, posilkangiz kelishini kutish 🙂

Alieskpressda tovarni qabul qilib, keyin pulini to’lash mumkinmi?

Bunday savol ko’pchilikni qiziqtiradi va unga oddiy javob bor – YO’Q! Xitoyliklar to’lovi kechiktirilgan tovarlarni sotishmaydi, faqatgina oldindan to’lov. Bu mantiqan to’g’ri, tasavvur qiling, buning imkoni bo’lsa. Bir to’da axmoqlar ermakka tovar buyurtma qilishardi va keyin uni pochtadan olishmasdi. Tovarni jo’natish harajatlari (bu esa naqd Xitoydan-a) bechora sotuvchi yelkasiga tushgan bo’lardi.

Alieskpressda tovarni qabul qilib, keyin pulini to’lash mumkinmi?

Ammo yuqorida aytganimdek, aliekspressda xarid qilishdan qo’rqmaslik kerak – bu dunyodagi eng yirik internet do’konlardan biri va u yerda barchasi nazorat ostida, hech kim pullaringizni o’g’irlamaydi. Buyurtma berishda yagona muammo O’zingiz bo’lishingiz mumkin. Shuning uchun aliekspressdan foydalanishni boshlashdan oldin, quyidagi maqolalarni o’qib chiqing:

— Aliexpressda qanday buyurtma beriladi,

— qanday xarid qilinadi,

— sotuvchi qanday tanlanadi,

— eng arzon tovar qanday tanlanadi va

keshbek xizmatlar yordamida qanday tejash mumkin.

Agar muammoga duch kelsangiz, aliekspressda qanday qilib bahs ochish mumkinligi haqida o’qing.

Aliekspressda qanday to’lagan ma’qul? Hamma o’zi uchun o’zi tanlaydi. Siz uchun qulayroq va xavfsizroq bo’ladigan to’lov usulini tanlang va foydalaning…

Yuqorida keltirib o’tgan to’lov turlari, biz uchun qulay hisoblanadi. Quyida keltiradiganlarimiz esa O’zbekistonda mavjud bo’lmagan to’lov turlari.

Yandex money orqali Aliekspressda pul to’lash.

Yandex money (Яндекс деньги) – juda qulay to’lov tizimi. Men undan ko’p vaqtlardan buyon foydalanaman va buning asosiy sababi, ular (deyarli bepul – 199 rubl) chipli Master Card plastik kartasini berishadi. Agarda bu to’lov tizimidan muntazam foydalansangiz, ular sizga kartani bepul berishlari ham mumkin.Qanday qilib yandex money orqali Aliekspressda pul tolash mumkin

Shu bilan birga kartani to’g’ridan-to’g’ri sizning manzilingizga jo’natishadi, hech qayerga borish shart emas (hatto boshqa mamlakatga). Bu karta bilan internetda to’lovni amalga oshirish (xususan aliekspressda), do’konda xaridlar qilish va bankomatdan pullarni yechish mumkin (lekin foiz bilan). Aliekspressda Yandex dengi bilan to’lash juda oson: to’lovning shu usulini tanlaymiz:

yandex dengi orqali Aliekspressda pul to'lash

«ОПЛАТИТЬ СЕЙЧАС» tugmasini bosamiz, to’lovni tasdiqlashingiz uchun sizni Yandex dengi sahifasiga yo’naltirishadi. Bo’ldi, bu usul shunday oson, doim nimanidir kiritish kerak emas, tez va qulay.

Aliekspressda Sberbank kartasi orqali qanday to’lanadi?

Sberbank kartasini to’lovning alohida usuli sifatida chiqarish nima uchun kerakligi biroz tushunarsiz. Axir agar odamda сбербанк ning bank kartasi bo’lsa, unda u tovarni birinchi usulda to’lashi mumkin. Boshqa variant: odamning сбербанк da hisob raqami bor, lekin kartasi yo’q. Lekin men bunday holatni tasavvur qilishim ham qiyin – jamg’arma kitobchasiga ega lekin kartaga ega bo’lmagan zamonaviy odam.Aliexpressda sberbank orqali pul tolash

Lekin deylik, bunday holat aliekspressda o’ziga yangi ko’zoynak sotib olishni qaror qilgan buvi ko’rinishidagi teoriyada mavjud. Mana u tovarni tanladi, to’lovni boshladi – u mana bu punktni tanlashi kerak:sberbank kartasi orqali aliexpressda xarid qilish

Natijada u bir parcha qog’ozga qaltirayotgan qo’li bilan yozadigan unikal kodga ega bo’ladi, to’lov terminaliga boradi va o’zining tovarini NAQD PULDA to’laydi. Buvijonga rahming keladi…

Aliekspressda xaridlarni telefon orqali qanday to’lash mumkin?

Bu aliekspressda to’lovning yana bir juda qulay usullaridan biri, ayniqsa, siz kichik xaridni amalga oshirsangiz. To’lov vaqtida mana bu ilovaga o’ting:aliexpressda telefon xisob raqami orqali pul tolash

O’zingizning mobil operatoringizni tanlang: MTS, Megafon, Beeline yoki Tele2, o’z telefon raqamingizni kiriting va SMS JO’NATISH tugmasini bosing. Shundan so’ng siz buyurtmani tasdiqlashingiz lozim (yo’qsa ko’ngliga siqqan begona raqamni yozardi va undan pul yechilardi) va shu bilan tovar to’landi. Telefoningiz hisobidan esa, tabiiyki, kerakli summa yechiladi.

Aliekspressda tovarga qanday naqd to’lash mumkin?

Alieskpressda xaridni to’lashning yana bir usuli bor – tovarga naqd pulda to’lash. Bu usul сбербанк bilan bo’lgan holatga juda o’xshash. Mana bu ilovani tanlaymiz:aliexpressda naqd pul orqali pul tolash

O’z telefon raqamimizni yozamiz, unikal raqamli SMS olamiz, u bilan do’konlardan biriga yoki mobil aloqa saloniga boramiz, u yerda o’z kodimizni ko’rsatamiz, ularga pul beramiz, ular esa to’lovni amalga oshiradi. Hozirda bu to’lovni Omigo, Связной, Comepay, Элекснет, Евросеть, Лидер, Почта России, МТС, ПСКБ, Свободная касса, Quickpay, Кредитный банк Москвы, TelePay va menga ma’lum bo’lmagan yana qandaydir idoralarda amalga oshirish mumkin.

Bularning ichida eng oddiysi – Rossiya pochasiga to’lash. Sberbank bilan bo’lgan holatdagidek – bu internet va bank tizimlaridan yiroq bo’lganlar uchun. Umuman olganda, oddiy odamlar uchun ham shunday imkoniyatlar bo’lgani yaxshi.

Aliekspress Moll bo’limida qanday to’lanadi?

Kecha men birinchi marta MOLL bo’limidan tovarga buyurtma berdim va bu bo’limda xaridni cheklangan miqdordagi usullar bilan to’lash mumkinligini ko’rib hayratlandim, xususan:moll bolimida xarid qilish

Faqat karta va Yandex pullar va yuqorida men ta’riflagan offlayn to’lovlarning bir nechta usuli bilan. Menga bu juda noqulay, chunki men Webmoneydan to’lashga o’rganganman. Nima uchun bunday? Bilmayman, ehtimol Rossiya qonunchiligi shunchalik qat’iydir? Yoki sotuvchilarning o’zi oson yo’llarni qidirayotgandir? Bu haqida ko’proq bilish kerak bo’ladi…

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

2 Izohlar Maqola: "Qanday qilib Aliexpressda pul to’lash mumkin?"

Meni ogohlantiring
Izohlarni saralash:   yangilari | eskilari | ko'p ovoz berilgan

Aliexpreesga pul tolash uchun webmoney xamyonimda faqat wmr bor,
wmr tolashni iloji bormi?
Javob uchun oldindan RAXMAT!

wpDiscuz