Qanday qilib Aliexpressda posilkani kuzatish mumkin?

Mana, siz tovar uchun pul to’ladingiz va uni XITOYDAN kelishini intizorlik bilan kutmoqdasiz. Ammo vaqt o’tib bormoqda, tovar esa hali ham yo’q! Siz posilkam qayerda, yo’qolib qolmadimi, yetib keladimi, deb havotirlana boshladingiz.

Barchasi bo’lishi mumkin, shunday ham bo’ladiki, sotuvchi, siz aliexpressda posilkalarni kuzatish mumkinligini bilmaysiz va kelishuv tugashini o’tkazib yuborasiz, degan umidda tovarni sizga SHUNCHAKI yubormaydi. Qanday qilib Aliexpressda posilkani kuzatish mumkin?

Xitoydan sizning posilkangiz qayerda ekanini kuzatib borishdan oson ish yo’q, faqatgina, qanday qilib buni bajarish kerakligini bilsangiz kifoya. Quyidagi maqolada men o’z aniq misolimda aliexpressda tovarni kuzatib borishning bir necha usulini ko’rsataman, aynan hozir menda bir necha posilkalar yo’lda va ularni kuzatish mumkin.

Qanday qilib TREK kodi bo’yicha aliexpressda posilkani kuzatish mumkin?

Posilkalarni kuzatib borish raqami yoki trek kod kabi narsa allaqachon o’ylab topilgan. Sizni posilkangiz yuborilganda, unga noyob raqam biriktiriladi, va barcha bojxona punktlari va boshqa pochta to’siqlari, posilkangiz kelishi bilan uning raqamini o’qiydilar va ma’lumotlar bazasiga kiritadilar. Bu sizga posilka qayerga yetgani haqida bilish imkonini beradi.

Bu ma’lumotlar bazasi barcha mamlakatlarda ochiq (agar posilka xalqaro bo’lsa) va uning asosida ko’plab saytlar va dasturlar ishlaydi. Biz faqatgina o’zimizning kuzatuv raqamimiz (trek kod)ni va posilka hozir qayerdaligini ko’rish uchun uni kiritish joyini bilib olishimiz zarur. Ushbu maqolada trek kod kiritish formasi mavjud, u orqali posilkangiz qayerda ekanini ko’rishingiz mumkin.

Bu, tizimni tushunish uchun zarur nazariya edi, endi esa amaliyotga o’tamiz.  Yaqinda men XIAOMI PLANSHETI (u ham menga yordam beradi) buyurtma qildim va posilka kechga qoldi, rafiqam havotir ola boshladi. Qanday qilib posilkani otslejka (kuzatish) trek kodini bilish mumkin?

Qanday qilib posilkani Aliexpressning o’zida otslejka qilish mumkin?

Aliexpress.com saytiga kiramiz, МОИ ЗАКАЗЫ (MENING BUYURTMALARIM) bo’limiga o’tamiz va tovarning o’ng tomonidagi ПРОВЕРИТЬ ОТСЛЕЖИВАНИЕ (KUZATUVNI TEKSHIRISH) tugmasini bosamiz:

Qanday qilib posilkani Aliexpressning ozida kuzatib borish mumkin

Ushbu sahifada sizga, zakaz qilgan tovaringiz qayerda ekani haqida ma’lumot beriladi. Ma’lumot rus tilida ham emas, ingliz tilida beriladi. Lekin siz hech ham havotirga tushmang, biz siz uchun u yerdagi beriladigan ma’lumotlarni ham, ushbu maqolada tarjima qilib qo’yganmiz.

Qanday qilib posilkani Aliexpressda kuzatib borish mumkin

Ko’rib turganingizdek bu yerda ko’pgina tushunarsiz ma’lumotlar berilgan. Men ulardan keraklilarini sizga tushuntirib beraman

Qanday qilib Aliexpressda kuzatib borish mumkin

  1. Seller shipped your order — Sotuvchi sizni posilkani jo’natdi. Agar ushbu maydonda ko’rib turganingizdek qizil korobka aylanib turgan bo’lsa, sotuvchi sizni zakazni yuborgan bo’ladi. Lekin bu degani tovar mamlakatdan chiqib ketti degani emas.
  2. Depart From Original Country — Posilka mamlakatni tark etdi. Agarda sizni posilka mamalakatni, masalan, Xitoyni (tovar nafaqat Xitoydan, balki boshqa davlatlardan ham yuborilishi mumkin) tark etgan bo’lsa ushbu maydondagi, uchayotga samolyot shakli qimirlab turadi.
  3. Arrived At Destination Country — belgilangan mamlakatga yetib bordi. Ushbu maydonda qo’nayotgan samolyot shakli qimirlab tursa, sizni posilka yurtingizga yetib keldi, 2-3 kunda qo’lingizda bo’ladi degani.
  4. Delivered — Posilka yetkazildi. Bu yerda hammasi ravshan, tovar egasining qo’lida. Siz pochtaga borib, posilkani olganingizdan so’ng, pochtada kerakli xujjatlarni to’ldirasiz, havotir olmang, bunga 3-4 daqiqa vaqtingiz ketadi. Bu xujjatlarni to’ldirishdan maqsad —  siz tovarni oldim deb tasdiqlaysiz. Shundan so’ng pochtadagilar uni ma’lumotlar bazasiga kiritishadi va aliexpressga tasdiqnoma yetib boradi. Buning natijasida delivered maydonchasi yonib qoladi

Qanday qilib Aliexpressda kuzatish mumkin

Bu yerda posilkani qayerda ekani batafsil yoritib boriladi. Qaysi shaharga kirgani-yu, qaysi bojxonada turib qolganigacha ma’lumotlarni topasiz. Bu yerdagi so’zlar sizga tushunarsiz bo’lsa, bu maqoladan ma’nosini topasiz.

Qanday qilib Aliexpressda posilkasining trek kodini bilish mumkin?

Yuqorida siz mahsulotni kuzatish uchun o’tgan sahifada yana bir ma’lumot bor, u Tracking number (trek kod — kuzatish raqami) deb ataladi. Quyida uni qanday qilib topish ko’rsatilgan.

Qanday qilib Aliexpressda otslejka qilinadi

 

O’zbekistonda posilkani otslejka qilish uchun eng zo’r yo’l bu 17track saytining mobil ilovasidan foydalanish. U orqali posilkani kuzatish sizga juda ko’p qulayliklar taqdim etadi. Xatto Aliexpressning o’zida kuzatish bunchalik qulay emas. Masalan, posilkangiz shahringizga yetib kelsa, 17track dasturi telefoningizga xabarnoma yuboradi va siz darhol posilka yetib kelganidan xabar topasiz. Bu dasturni rasmiy web sayti orqali ham posilkani kuzatish mumkin. Ikkala usul haqida birma-bir ma’lumot beraman.

Qanday qilib aliexpressda 17track.net orqali posilkani otslejka qilish mumkin?

Quyidagi ssilka bo’yicha 17trackning saytiga o’tamiz. Bizga quyidagicha maydon taqdim etiladi

aliekspressda 17track.net orqali posilkani otslejka qilish

Ushbu maydonga posilkaning trek kodini kiritamiz. E’tibor bering u yerga bir nechta posilkaning trekerini kiritish mumkin. Men 2 ta posilkani kodini kiritdim. Bu juda ham qulay!

Qanday qilib aliekspressda 17track.net orqali posilkani kuzatish mumkin

Kerakli posilka trek kodini kiritib, «Отследить» tugmasini bossangiz bas, 17track tovarni kodi orqali izlay boshlaydi va sizga kerakli javobni beradi

ALiexpressda tovar qayerga yetganini korish

Yuqorida posilkaning qayerda ekanini ko’rsatib turgan maydonni qizil ramkaga olib qo’ydim. Ko’rib turganingizdek PLANSHETIM Xalqaro pochtamtga 31-mart kuni kirib kelgan, u yerdan usha kuniyoq Toshkent pochtamtga yuborilgan va 1-aprelda yetib borgan. Endi so’ngi pog’ona qoldi, menga posilkangiz keldi olib keting deb qo’ng’iroq qilishsa bo’lgani, qanot qoqib uchib boraman.

Agar siz uchun bularning barchasi murakkab bo’lsa, unda shunchaki, bu servis asosida ishlaydigan, pastdagi shakldan foydalaning, posilkangiz qayerdaligini tekshiring:

Lekin, bu posilkangizni kuzatishning yagona usuli emas, buni O’ZBEKISTON POCHTASINING yoki biror boshqa mamlakat pochtasining saytida amalga oshirish mumkin, u yerda boshidan hammasi o’sha davlat tilida bo’ladi.

Agar biror sabablarga ko’ra bu yerda ma’lumot yordam bermagan bo’lsa, davomini o’qing, men ko’plab o’xshash servislar haqida gapirib beraman…

Aliexpressdan yuborilgan posilkani O’zbekiston pochtasi orqali kuzatish

Buning uchun O’zbekiston pochtasining rasmiy web-saytiga, chet eldan jo’natilgan tovarlarni kuzatish bo’limiga o’tamiz. Sizga quyidagicha forma namoyish etiladi

Aliexpressdan yuborilgan posilkani Ozbekiston pochtasi orqali kuzatish

Trek kodni va rasmdagi kodni kerakli maydonga kiritib, поиск tugmasin bosasiz. Shu sahifaning o’zida sizning posilka haqida ma’lumot paydo bo’ladi *

Aliexpressdan yuborilgan posilkani Ozbekiston pochtasi orqali qabul qilish

* Unutmang! O’zbekiston pochtasi orqali posilkani kuzatish uchun, sizning posilka O’zbekiston hududiga kirib kelgan bo’lishi kerak. Shundagina pochta.uz sayti sizga tovar haqida ma’lumot ko’rsatib bera oladi.

Aliexpress Rossiya pochtasida tovarni qanday qilib kuzatish mumkin?

Rossiya pochtasi orqali posilkani kuzatish uchun quyidagi manzil bo’yicha kirish lozim – aliexpress Rossiya pochtasi orqali kuzatish. Bu yerda KUZATISH (ОТСЛЕДИТЬ) maydonchasi shundoq bizga qarab turibdi:

O’zimizning kuzatuv raqamimizni qo’yamiz va posilkamiz, hozirda esa mening laklarim, qayerdaligini ko’ramiz.

Ha, Rossiya pochtasining yangi sayti juda zo’r ishlamoqda, qaniydi, pochta ham shunday ishlaganda 😉 rasmda ko’rinib turganidek, ma’lumot o’sha-o’sha, lekin yaxshiroq formatda berilgan, hattoki, posilkamni oldinda kutayotgan punktlar ham ko’rsatilgan.

Hammasi yaxshiku, ammo men hozir Belarusda yashayapman, va shuning uchun yana bir savolim paydo bo’lmoqda:

Qanday qilib posilkani Aliexpressdan Belarusgacha kuzatib borish mumkin?

Bunda xuddi shunday bajaramiz, faqat endi Belarus pochtasining saytiga kiramiz, mana saytning kerakli bo’limiga to’g’ridan-to’g’ri ssilka  — tovarni Xitoydan Belarusga kuzatish.

Bu saytning dizayni mana shunday “nozik”, talaygina keraksiz ma’lumotlar, qidiruv maydonchasi esa eng pastda. Men dizaynerni ishdan bo’shatgan bo’lardim. Trekerimizni kiritamiz, xalqaro jonatmalar va EMS orqali kuzatuv punktida belgi qo’yamiz va laklarim qayerdaligini ko’ramiz:

Mana sizga Belarus pochtasi, men esa Rossiya pochtasini urushib o’tiribman, undan battar ham bo’lar ekan! Bu yerda mening laklarim haqida ma’lumot deyarli yo’q, laklarim Xitoydan uchib ketib, havoda qolib ketdi, deb yozilgan!

Xulosa: Belarus aholisi posilkalarni kuzatish uchun ROSSIYA POCHTASIDAN foydalangani yaxshi!

Qanday qilib Aliexpressda Qozog’iston va Ukrainaga tovarni kuzatib borish mumkin?

Ukraina va Qozog’istonga Aliexpressdan posilkani kuzatib borish haqida ham qisqacha yozib bermoqchiman. Bu yerda ham barchasi shu ssenariy bo’yicha amalga oshiriladi: UKRAINA POCHTASI sayti, QOZOG’ISTON POCHTASI yoki biror boshqa davlat pochtasining saytini topasiz va xuddi shunday qilib trekerlarni kuzatish bo’limini izlaysiz.

Ammo erinchoqlar uchun ssilkalarni beraman:

Ukraina pochtasi pochta jo’natmalarini kuzatish

Ukraina pochtasi mening posilkamni ko’rmayapti, chunki uning Ukrainaga hech qanday aloqasi yo’q, bu tabiiy.

Qozog’iston pochtasi pochta jo’natmalarini kuzatish

Qozog’iston pochtasi mening posilkamni topmadi, u ham Qozog’istonga yoki Qozog’iston orqali o’tayotgan posilkalarni hisobga oladi.

Aliexpressda posilkalarni kuzatib borish uchun dastur

Ha, bunday dastur mavjud! Ataylab u haqda boshida yozmadim, chunki u holda siz maqolani oxirigacha o’qimagan bo’lardingiz. 😉

Bu dastur TrackChecker deb nomlanadi va uni new.trackchecker.ru saytidan yuklab olish mumkin.

Dasturni o’rnatamiz va yana mening planshetim misolida amalda tekshiramiz:

Dastur yaxshi, hammasini to’g’ri ko’rsatdi, lekin menimcha, oddiy foydalanuvchi uchun undan foydalanish, Rossiya pochtasi saytidan ancha murakkab. Agarda siz Aliexpress bilan professional darajada ishlayotgan bo’lsangiz va sizda juda ko’p buyurtmalar bo’lsa, unda bu dastur sizga juda qo’l keladi!

U yerning o’zida posilkalarni kuzatib borish bo’yicha universal servislardan ham foydalanish mumkin, masalan, POSILKA QAYERDA servisidan, u KUZATISH bo’limida taqdim etilgan.

Va oxirida shunga bog’liq yana bir muhim savol:

Nima uchun Aliexpressdan posilka kuzatilmayapti?

Quyidagi savolni juda ko’p eshitamiz: Aliexpressdan trek kuzatilmayapti, nima qilay? Maqola boshida tushuntirganimdek, barcha posilkalar o’z kuzatuv kodiga ega. Aliexpressdagi ayrim sotuvchilar ishontiradiki, ular JUDA mayda posilkalarni trekersiz jo’natadilar.

Ularning so’zlariga ko’ra, treker uchun qo’shimcha haq to’lash kerak, posilka juda arzon, masalan, bir dollardan arzon  bo’lsa, ularning daromadi keskin pasayadi, va shu tiyinlar uchun hatto pochtagacha borishga ham erinadilar. Balki shundaydir, ularni ham tushunsa bo’ladi, lekin aslida shunaqaligiga ishonchim komil emas.

Agar posilkangiz katta summaga bo’lib, treker kuzatilmasa, unda balki, ular sizni aldashga harakat qilishmoqda.   Ammo qo’rqmang, kafolat muddati tugashidan uch kun avval bahsni ochish kerak, va ishoning, siz pulingizni oson qaytarib olasiz! Siz faqatgina VAQTni yo’qitasiz xolos!

Bahsni qanday qilib ochish haqida men ssilkadagi maqolamda aytib berdim, men bir necha marta shunaqa qilishga majbur bo’ldim, va ma’lum darajada tajribaga egaman.  Savollaringiz bo’lsa – yozing, barchaga va har doim javob beraman.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

3 Izohlar Maqola: "Qanday qilib Aliexpressda posilkani kuzatish mumkin?"

Meni ogohlantiring
Izohlarni saralash:   yangilari | eskilari | ko'p ovoz berilgan

Endi foydasi yu, buyogiga sabr bardoshli buling. Ishonamanki pochtangiz albatta keladi

Bugun 42-kun, adashmasam muddat 32-53 edi, men qabul qilishni tasdiqlaganim pochtachilarga ko’rinadimi? Ja unaqa arzirli narsa emasdiku, lekin, aliexpressdan birinchi xaridim edida, xa mayli, kelsa kelar, bo’masa yo’q.

Pochtachilarga ko’rinmaydi. lekin men xam birinchi xaridim $5.80 tovar edi, yetib kelmadi va spor orqali pulimni qaytarib berishdi. Yana bilmadim!

wpDiscuz