Qanday qilib Aliexpressda bahs ochish mumkin?

Vahimali voqea sodir bo’ldi: kelishuv vaqti tugab bormoqda, siz esa jo’natmangiz qayerdaligini bilmaysizmi? Havotirga o’rin yo’q, agar quyida yozilganlarning barchasini bajarsangiz va aliekspressda bahsni VAQTIDA ochsangiz, siz osonlikcha pulingizni qaytarib olishingiz mumkin. Men VAQTIDA so’zini bekor ajratib ko’rsatganim yo’q, va tez orada siz nimagaligini tushunib olasiz. Qanday qilib aliekspressda bahs ochar ekanmiz? Mana bosqichma-bosqichli yo’riqnoma…

Avval odatiy vaziyatni ko’rib chiqamiz, ya’ni jo’natma kelmaganda. Kelishuvning tugashidan bir necha kun avval sizning pochtangizga, tahminan quyidagi mazmunga ega xat kelishi kerak:Qanday qilib aliekspressda bahs ochish mumkin

Bu menga kecha kelgan xat, unda men tomondan buyurtma qilingan velosiped uchun spidometr qayerdadir yo’lda yo’qolib qolgani to’g’risida xabar qilingan. Balki sotuvchi shunchaki uni menga jo’natmagandir, men bilmayman, va endi hech qachon bila olmayman. Biroq men xavotir olayotganim yo’q, chunki men pulimni qaytarib olaman va qanday qilib buni bajarish mumkinligini aytib beraman.

Qanday qilib aliekspressda bahsni ochish mumkin?

Avval aliekspress saytiga kiramiz va yo’lda yo’qolib qolgan tovarni topamiz. Tovarning to’g’risida siz BAHSNI OCHISH tugmasini ko’rasiz:Qanday qilib aliekspressda bahs ochish mumkin - bahs ochish

Bizni buyurtma sahifasiga o’tkazadi va bu yerda yana BAHSNI OCHISH tugmasi paydo bo’ladi. Tovarning ro’parasiga belgi qo’yish va mana bu tugmachani bosish lozim:
Qanday qilib aliekspressda bahs ochish mumkin - bahs ochish2

So’ng oldimizda bunday SO’ROVNOMA paydo bo’ladi va bizdan ayrim savollarga javob berishimiz talab qilinadi:Qanday qilib aliekspressda bahs ochish mumkin - so'rovnoma

Birinchidan, sizdan so’raladi: tovarni oldingizmi yoki yo’q? Agar yo’q bo’lsa, belgi qo’yamiz va vaziyatga qarab keyingisini tanlaymiz. Odatda men bunday vaziyatda tovar yo’lda, lekin kelishuv muddati tugab bormoqda, deb yozaman. Undan tashqari, KUZATUV TO’G’RISIDA MA’LUMOT MAVJUD EMAS punktiga ham belgi qo’yish mumkin. Bu maqolada siz qanday qilib jo’natmani kuzatish mumkinligi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Har qanday vaziyatda ham, siz nima bo’lganini ingliz tilida tushuntirib berishingiz kerak bo’ladi. Agar siz ingliz tilini bilmasangiz, unda Yandeksni oching va qidiruvga TARJIMA so’zini kiriting, u yerda kichik oyna ochiladi, unga siz rus (o’zbek) tilida yozsangiz, darrov inglizcha tarjimani olasiz:Qanday qilib aliekspressda bahs ochish mumkin - yandex qidiruv

Mana bo’ldi, muammoni ta’riflab berdik, endi JO’NATISH tugmasini bosishimiz mumkin. Lekin, hamma darhol sizning muammoingizni hal qilishga kirishadi deb o’ylamang, siz sotuvchi bilan AVVALIGA o’zingiz hal qilib ko’rishingiz uchun bir necha kunga taymer yoqiladi.

Agar sotuvchi sizga hech narsa yozmasa, va bu vaqt tugasa, unda bahsning ikkinchi fazasi boshlanadi.

Aliekspressda qanday qilib bahsni kuchaytirish mumkin?

Ajratilgan vaqt tugagandan so’ng, BAHSNI KUCHAYTIRISH tugmasi paydo bo’ladi. Demak, orqaga yo’l yo’q va sayt vakillari, kim haq va kim nohaqligini aniqlaydilar.  Ko’pincha buni aniqlash qiyin emas, va siz haqiqatan ham haq bo’lsangiz, bahsda oson yutib chiqasiz.

Qanday qilib aliekspressda bahsni yutish mumkin?

Aliekspressda bahsni yutib olish uchun o’zini haq ekanligining isbotini taqdim etish lozim.  Bu nima bo’lishi mumkin?

  1. Agar tovar yetib kelmagan bo’lsa, unda siz trek raqami kuzatilmayotganiga ishonch hosil qilishingiz lozim va sotuvchi, tovar siz uchun yetib borganini hech qanday isbotlay olmaydi.
  2. Agar tovarga shikast yetkazilgan bo’lsa, unda darhol pochtaning o’zida tovar o’ramini video yoki fotosuratga olishingiz lozim. Keyinchalik bahsni ochganingizda, bu fayllarni biriktirib olishingiz kerak bo’ladi.
  3. Agar tovar sifatsiz bo’lsa, unda ikkinchi punkda ko’rsatilgan ishni bajarishingiz kerak bo’ladi, lekin foto va videoga uyda ham olishingiz mumkin bo’ladi.

TOVAR SIFATIGA ISHONCH HOSIL QILMAY TURIB, HECH QACHON KELISHUVNI YOPMANG!

Agar kelishuv yopilgan bo’lib, tovar sifatsiz ekanini aniqlasangiz, unda hali ham vaziyatni to’g’rilasa bo’ladi. O’N BESH kun davomida sotuvchi bilan bahsni ochishga ulgurish kerak bo’ladi.Qanday qilib aliekspressda bahs ochish mumkin - bahs tugadi

Agar siz buni bajarishga ulgurmagan bo’lsangiz, unda pulingiz bilan hayrlashing, endi nimadir qilish juda qiyin bo’ladi.

Qanday qilib aliekspressda bahsni yopish mumkin?

Agar siz sotuvchi bilan kelishgan bo’lsangiz va u sizga jarima to’lashga tayyor bo’lsa, unda nima? Bunday holatda siz bahsni yopishingiz mumkin, chunki buning uchun maxsus tugma mavjud:Qanday qilib aliekspressda bahs ochish mumkin - bahsni bekor qilish

Ammo sotuvchi va’dasini bajarmaguncha, bahsni yopmang, chunki keyin hammasini orqaga qaytarish qiyin bo’ladi – bahsni ikkinchi marta ochish MUMKIN EMAS!

Ko’rib turganingizdek, aliexpressda bahsni ochish murakkab emas, barchasi oson va qulay qilingan, saytning millionlab haridorlari mavjud va bunday masalalarda katta tajribaga ega.

Agar savollaringiz bo’lsa, yoki qanday yo’l tutishni bilmayotgan bo’lsangiz, izohlarda yozing, qo’limdan kelgancha yordam beraman…

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

3 Izohlar Maqola: "Qanday qilib Aliexpressda bahs ochish mumkin?"

Meni ogohlantiring
Izohlarni saralash:   yangilari | eskilari | ko'p ovoz berilgan

Admin iloji bulsa spor ochishga biror namuna keltiring sababiga yoziladiku inglizchalab

Men zakaz qigan kunim qabul qilnganini tasdiqlab qoyibman.boshida tushunmagandimda.lekin posilkaga trek berdi.biroq posilka 55 kun bòldi kemayabdi sotuvchi meni aldaganmi? Pulimni qanday qaytarib olsam buladi?

Assalomu alaykum! Men aliexpressda rezinali pianino zakas qilgandim, u keldi, lekin, sifatli emas ekan, klavishlari sezuvchanligi yaxshi emas ekan, yaxshi bosilmay qolarkan, xullas, uni qaytarib bermoqchiman, qaytarib bersam bo’ladimi, pochta to’lovi qanchaga tushadi?

wpDiscuz