Qanday qilib aliexpressda aql bilan buyurtma berish mumkin?

Ana, siz aliekspressda ro’yxatdan o’tdingiz va nimadir xarid qilmoqchisiz, yoki avval saytdan biror tovar topib, endi uni sotib olmoqchisiz. Lekin aliexpress do’koni siz uchun yangilik va siz nimadan boshlashni bilmayapsizmi?  Eng yaxshi tovar sotib olish uchun aliexpressda qanday qilib buyurtma berish lozim?  Ushbu maqolada bosqichma-bosqich yo’riqnoma keltirilgan.

Avval aliexpress saytiga kiramiz va quyidagi ko’rinishdagi bosh sahifaga tushamiz:Qanday qilib aliekspressda aql bilan buyurtma berish mumkin - asosiy sahifa

Endi bizda ikki variant mavjud: menyuga o’tib bo’limlardan tovar izlash yoki tovarni kerakli maydonga yozib izlash (rasmda strelka bilan ko’rsatilgan). Agar siz nima sotib olishni aniq bilsangiz, ikkinchi variant, tovar nomini yozib izlash afzalroqdir. Aytaylik, men mini kolonka sotib olmoqchiman. Bundan avvalroq men sotuvchiga pulni qaytarib berish haqida yozgandim va men shu tovarni takror buyurtma qilmoqchimanQanday qilib aliekspressda aql bilan buyurtma berish mumkin - qidiruv

Siz aliekspressda qidiruvni boshlaganingizdan so’ng, qarshingizga so’rovingizga to’g’ri keladigan qator tovarlar ro’yxati chiqadi. Qanday qilib aliekspressda aynan sizga kerak bo’lgan tovarni topish va buyurtma qilish mumkin?

Men yuqoridagi rasmda menyuni atayin sariq rang bilan ajratib qo’ydim, chunki uning yordamida aynan o’zingizga kerak tovarni topish mumkin. Yuqorida biz aynan bizga kerak bo’lgan narsani tanlab olishimiz mumkin, oddiy kolonka yoki MP3 pleyerli kolonkami? Oddiy kolonkalarni tanlaymiz.

So’ng bizning kolonkamiz qanday qilib qo’llanilishiga qaraymiz: Portativ audio player, Mobil telefon, Kompyuter, Uy kinoteatri, Karaoke-pleyer, Sahna? Ikkinchini, Mobil telefonni, tanlayman.

Keyin tanlaymiz: mobil, portativ yoki simsiz? Portativni tanlayman. So’ng filtr keladi: passiv yoki aktiv (ya’ni kuchaytirgich bilan)? Aktivni tanlayman. Va nihoyat men izlaganimni, ya’ni, bu kichik yoqimtoy kolonkachani $3.93 ga topdimQanday qilib aliekspressda aql bilan buyurtma berish mumkin - mini kolonka

Ustiga bosamiz va tovar kartochkasiga o’tamiz. Endi ikki variant mavjud: yoki tovarni birdan sotib olish, yoki keyinroq xaridni amalga oshirish uchun, uni hozircha korzinkaga solishQanday qilib aliekspressda aql bilan buyurtma berish mumkin - karta

Shu bilan to’xtatish mumkin edi, ammo birinchi yoqqan tovarni sotib olishga shoshmang, hammasini aql bilan bajarish lozim, aks holda, yoki ortiqcha pul to’lab yuborish, yoki jo’natmani ololmay qolishingiz mumkin.

Qanday qilib aliekspressda buyurtma berish mumkin bosqichma-bosqich yo’riqnoma

Siz DARROV aniq tushunib olishingiz lozimki, aliekspress – bu do’kon emas, bu bozor va bu yerda bir tovarni o’nlab sotuvchilar sotishi mumkin. Va bizning vazifamiz arzonroq sotayotgan va ishonchliroq sotuvchini topishdir. Qanday qilib buni aniqlash mumkin?

Eng osoni – sahifani pastga, boshqa sotuvchida (у другого продавца) degan blokgacha tushirish. Ko’rib turganingizdek, boshqa sotuvchilarda huddi shunday mini kolonka 1$ ga arzonroq, bu esa quyidagi narx diapazonida juda ko’pQanday qilib aliekspressda aql bilan buyurtma berish mumkin - boshqa sotuvchida

Bu variantni ochamiz va, bu sotuvchidan necha kishi shu kolonkani buyurtma qilganini va mulohazalarning mavjudligini ko’ramizQanday qilib aliekspressda aql bilan buyurtma berish mumkin - buyurtma soni

Ko’rib turganingizdek, bu sotuvchining reytingi yuqori va uning shunday kolonkasini 753 kishi buyurtma qilgan, bu esa juda ko’p. Mulohazalarchi, qanday ular? Sahifani biroz pastga tushiramiz:Qanday qilib aliekspressda aql bilan buyurtma berish mumkin - izohlar

Darrov ko’rinib turibdiki, ko’pchilik xarididan xursand va xatto yangi kolonkalarini suratlarini ham joylashtirganlar. Bularning asosida  quyidagi xulosalar qilishimiz mumkin: narx PAST va sotuvchi YAXSHI.  Yaxshi tovar, olish kerak 😉 SOTIB OLISH tugmasini bosishingiz va buyurtmani rasmiylashtirishga o’tishingiz mumkin!

Aliekspress bilan qanday qilib buyurtma qilishimiz va zarar ko’rmasligimiz mumkin?

Bu ham hali hammasi emas. Bunday holatda bu buyurtma berib, zarar ko’rmaslikning eng yaxshi usuli, negaki, bunday tovarning ANIQ nomi yo’q. Agar biz mahsulotning modelini yoki nomini ANIQ bilsak, unda boshqa sxema bo’yicha harakat qilganimiz yaxshiroq.

Aytaylik, bizga kolonkaning Bluedio BS-3 modeli yoqdi. Bu nomni olib, sayt qidiruviga nusxalaymiz va ENTER bosamiz. Va ko’rib turibmizki, bu yerda XUDDI SHUNDAY kolonkalarning ko’pi sotilmoqdaQanday qilib aliekspressda aql bilan buyurtma berish mumkin - bluedo

Endi siz aniq ko’rib turibsizki, eng past narxga va eng ko’p buyurtmalarga ega – bu birinchi variantdir. Shunday bo’ladiki, bir xil tovar uchun narxdagi farq juda katta, shuning uchun e’tiborliroq bo’ling. Mana tovarni ham tanlab bo’ldingiz, endi nima qilish kerak?

So’ng esa xarid qilish tugmasini bosamiz va sotib olishga o’tamiz. Ammo yo’q, shoshmang, keyingi maqolada men sizga, qanday qilib aliekspressda aql bilan to’g’ri xarid qilish va yanada ko’proq iqtisod qilish to’g’risida aytib beraman.

Agar sizga maqolalarimni o’qish manzur kelgan bo’lsa, xabardor bo’lish uchun yangiliklarga obuna bo’ling. Savollaringiz bo’lsa, yozing, har doim va barchaga javob beraman.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz