Qanday qilib Aliexpressda aldanib qolish mumkin?

Aliekspress  — yetarli darajada ishonchli sayt, faqat undan aql bilan foydalanish lozim. Ammo tajribangiz kamroq bo’lsa, unda sizni osonlikcha aldab ketishlari mumkin. Aliekspressda turlicha aldashadi, lekin men eng keng tarqalgani haqida aytib beraman, unda  tovar aliekspressdagi ta’rifiga to’g’ri kelmaydi.  Aliekspressda qanday qilib aldashadi?

Barchasi quyidagicha sodir bo’ladi: siz tovarni  izlaysiz, tabiiyki, arzonrog’ini tanlaysiz, xususiyatlarini qaraysiz, ular sizni qoniqtiradi, va siz bemalol buyurtma qilasiz. Tovar keladi, go’yoki hammasi joyida, siz xursand bo’lib kelishuvni yopasiz va hattoki sotuvchiga besh yulduz qo’yasiz. Ammo bir ozdan so’ng, YAROQSIZ tovarni sotib olganingizni sezib qolasiz!

Bugun men bilan shunga o’xshash voqea sodir bo’ldi, men 10 portli USB-hab (USB-uzatgich) ni oldim.  Undan avval men o’zimga 7 portli USB-hab (USB-uzatgich) ni buyurtma qilgan edim, lekin u bilan yuqorida yozilgan voqea yuz berdi: ta’rifida USB 2.0 deb yozilgan edi, aslida esa USB 1.1 bo’lib chiqdi.

Lekin o’tgan marta men buyurtmam kelganiga xursand bo’lganimdan kelishuvni yopdim. Endi esa men aqlliroq bo’lib qoldim va avval buyurtmamni tekshirib olib, keyin kelishuvni yopishga…yoki yopmay turib, bahsni boshlashga qaror qildim.

O’sha USB uzatgichning ko’rinishi quyidagicha, ko’rinishidan juda ham chiroyli, men istaganday, ozuqa (pitaniye) bloki bilan:Qanday qilib aliekspressda aldanib qolish mumkin - usb hab

Ulanganda esa mana bunday chiroyli yonadi, qanday qilib shunday tovarga besh yulduzcha qo’ymaslik mumkin?Qanday qilib aliekspressda aldanib qolish mumkin - usb hab2

Chiroy o’z yo’liga, ammo tezlik bo’yichachi? Shu uzatgichga ulangan fleshkaga faylni o’tkazmoqchi bo’ldim va mana bunday g’amgin rasmni ko’rdim:Qanday qilib aliekspressda aldanib qolish mumkin - tezlik

Tezlik bir megabitdan kam – bu JUDA sekin! Lekin, balki bu qandaydir xato? Shunda men tezlikni tekshirish uchun maxsus dasturni yuklab oldim, va u ham menga xuddi shuni ko’rsatdi  — 1 mbit:Qanday qilib aliekspressda aldanib qolish mumkin - tezlik2

Tajribamning to’g’ri ekanini aniqlash maqsadida, o’zimning eski, oddiy do’konda sotib olingan 4 portli USB uzatgichimni tekshirishga qaror qildim:Qanday qilib aliekspressda aldanib qolish mumkin - tezlik3

Ko’rib turibmanki, bu ARZON uzatgichning tezligi 26 mbit, bu aliekspressda sotib olingannikidan 26 marta yuqori. Meni shunday qattiq aldamoqchi bo’lishyapti, ammo bu safar men osonlikcha taslim bo’lmayman va haqiqat uchun kurashaman!

Agar aliexpressda aldashsa, nima qilish kerak?

Birinchi, qilinishi mumkin bo’lgan ish – bu sotuvchi bilan yaxshilikcha kelishib olish va sifatsiz tovar uchun kompensatsiya talab qilish. Buning uchun nima qilish lozim? Google da tarjimon (переводчик) ochamiz va XUSHMUOMALALIK BILAN sotuvchiga yozamiz:

Salom! Sizning usb uzatgichingizni qabul qildim, lekin uning xususiyatlari ta’rifga mos kelmaydi: USB 2.0 o’rniga siz USB 1.0 yuboribsiz. Men yetkazilgan zararni yarim narxda qoplashingizni talab qilaman, aks holda men bahsni ochishga va sifatsiz tovar uchun to’liq kompensatsiyani talab qilishga majbur bo’laman. Tushunganingiz uchun rahmat.

Ingliz tilida quyidagicha bo’ladi:

Hello! I got your product usb hub, but its characteristics do not correspond to the description: USB 2.0 instead you sent USB 1.0. I ask to reimburse me the cost of the damage in half, otherwise the case I will have to open a debate and to demand a full refund for defective goods. Thank you for understanding.

So’ngra, agar kelishuvni yopishgacha vaqt qolgan bo’lsa kutamiz, menda esa 45 kun bor:Qanday qilib aliekspressda aldanib qolish mumkin - kelishuv

Agar sotuvchi javob bersa va zararingizni qoplab bersa, unda siz kelishuvni yopib, bu sotuvchini esa qora ro’yxatga kiritishingiz mumkin bo’ladi.

Ikkinchi variant – bu bahsni ochish. Ariza shaklini ochganda – namunaga mos kelmaydi, degan punkti mavjud! So’ng, ta’rifida muammoli vaziyatni, huddi shunday tarjimondan foydalangan holda, ingliz tilida ta’riflab berishingiz kerak bo’ladi.Qanday qilib aliekspressda aldanib qolish mumkin - so'rovnoma

Undan tashqari, siz haq ekaningizni tasdiqlovchi foto va videolarni ilova qilish ham juda muhimdir, chunki sotuvchi hoynahoy inkor qilsa kerak, axir u pulini yo’qotishni istamaydi!

Aslini olganda, darrov ikkinchi usuldan foydalansak bo’ladi, lekin birinchi usul bilan ko’pincha muammo ancha tezroq hal bo’ladi, vaziyatlar ham turlicha bo’ladi, sotuvchilar ham insonlar va agar ular ochiq firibgarlar bo’lmasa, yaxshilikcha hal qilishga tayyor bo’ladi.

Aliekspressda yana qanday qilib aldanib qolish mumkin?

Men sizga aliexpressda  eng keng tarqalgan aldash usulini ta’riflab berdim, lekin hammasi yanada murakkab va  oddiy bo’lishi ham mumkin. Siz tovar sotib olasiz, lekin sizga uni yuborishmaydi. Siz kelishuvni tugatish vaqtini o’tkazib yuborasiz va u avtomatik ravishda yopiladi. PULLAR-HAYR!

Bunday yolg’on bila aliekspressda kurashish juda oson: aliekspress ro’yxatga olingan electron pochtani tez-tez tekshirib turish lozim, chunki kelishuv tugashidan bir necha kun ilgari sizga ogohlantiruvchi xabarlar kela boshlaydi.

Agar tovar kelmagan va trek raqami kuzatilmayotgan bo’lsa, unda bemalol bahsni ochavering – albatta yutasiz, va tez orada pulingizni qaytarib berishadi.

Agar siz aliekspressda mavjud bo’lgan boshqa aldash usullarini bilsangiz, unda ular haqida izohda yozing, ular haqida bilib olish juda qiziq.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

3 Izohlar Maqola: "Qanday qilib Aliexpressda aldanib qolish mumkin?"

Meni ogohlantiring
Izohlarni saralash:   yangilari | eskilari | ko'p ovoz berilgan

Aliexpressni yaxshi biladiganla yordam kere iltimos

Aliexpressni yaxshi tushunadiganla yordam kere iltimos

Nima yordam

wpDiscuz