Mahsulot uchun qanday qilib Aliexpressda fikr qoldirish mumkin?

Qabul qilib olingan tovar uchun Aliexpressda fikr qoldirish ULKAN rol o’ynaydi, chunki faqat fikrlar asosida posilka yetkazilishiga qancha vaqt ketgani, tovarning HAQIQIY sifati va sotuvchining XUSHMUOMALALIGINI bilish mumkin. Aliexpressda o’zi va boshqalar uchun foyda keltirgan holda, qanday qilib fikr qoldirish mumkin?

Shaxsan men DOIM o’zimni qiziqtirayotgan tovarni xarid qilishdan oldin fikrlarga qarayman. Aliexpressdagi sotuvchilar cheksiz aldashlari mumkin, lekin, uning tovarini olgan va uni baholagan odamlar hech qachon aldamaydi, ularda bunga sabab yo’q.

Fikr qoldirish va bu bilan xolis baho berishga ularda sabab ko’p, bor g’azabini sochishdan boshlab, muvaffaqqiyatli xariddan maqtanishgacha.

Qanday qilib Aliexpressda izoh qoldirish mumkin?

Buning hech qanday qiyin joyi yo’q, lekin bu yerda ham qiziq jihatlar bor. Siz tovar olganingizni tasdiqlashingiz bilan, sizni izoh qoldirish sahifasiga yo’naltirishadi:

Qanday qilib Aliexpressda izoh qoldiriladi

Bu yerda yetkazish sifati va tovarga qarab, 1 dan 5 gacha yulduz bilan baho berish mumkin. Ushbu yulduzchalar orqali biz tovar qidirayotganda e’tibor beradigan reyting kelib chiqadi. Shakl ustida, fikrni yozish mumkin bo’lgan joyda sotuvchi va tovarga umumiy baho qo’yasiz. Undan keyingi Fikr qoldiring maydonida mahsulot haqida fikr qoldiring. Fikr istagan tilda yozish mumkin. Masalan, Fonar Andijonga 17 kun ichida yetib keldi. Sifati juda ham zo’r. Faqat sotuvchi savollarga sekin javob yozdi…  Pastroqda 3ta baho berish maydoni, siz nimadan rozi va nimadan norozi ekanligingizga aniqlik kiritishingiz mumkin, xususan: fikrning aniqligiga, sotuvchi bilan muloqot va tovarni yetkazilish vaqti.

Sizning fikrlaringiz asosida bu sotuvchi va shu tovarning umumiy reytingi tuziladi va agar reyting past bo’lsa, bu tovar Aliexpressda qidirilganida u birinchi o’rinda emas, topish juda qiyin bo’ladigan pastki qatorlarda ko’rinadi.

To’g’ri, fikr yozmasa ham boladi, lekin sotuvchi bir oydan so’ng avtomatik tarzda 5 yulduzga ega bo’ladi va bu yaxshi tovar bo’lgan bo’lsa yaxshi, agar yomon tovar bo’lsachi?

Demak, biz to’g’ri fikrlar qoldirgan holda boshqa odamlarga Aliexpressdagi xaridlarimizni qulay va xavfsiz qilishda yordam bergan bo’lamiz, agar hech kim fikr qoldirmasa, unda sotib olishda qo’rquv bo’ladi, ayniqsa qimmat tovarlarni.

Aliexpressda fikr qoldirish vaqti tugagan bo’lsa, qanday qilib fikr qoldirish mumkin?

Shunday bo’ladiki, biz darrov fikr yozishni istamaymiz yoki bunga vaqtimiz bo’lmaydi. Yoki biz tovarning sifatini tekshirish uchun oldin undan foydalanib ko’rib, keyin fikr qoldirmoqchimiz. Shunday qilsa bo’ladimi? Ha va ba’zan shunday qilinishi kerak!

Masalan, sizga smartfon keldi. Uni ochib ishlatib ko’rasizmi yoki darhol qabul qildim deb aliexpressda fikr qoldirasizmi? Bunday xolatda telefonni 1-2 hafta ishlatib ko’rgan yahshi. Ahir texnikani bilasizku. Mabodo biror aybi chiqsa aliexpressda spor ochib pulingizni qaytarishingiz mumkin. Agar tovarni qabul qildim tugmasini bosgan bo’lsangiz, spor ochish haqida unuting.

Buyurtma yopilganidan so’ng sizda fikr qoldirish uchun yana 30 kun vaqtingiz bo’ladi. Sizning shaxsiy kabinetingizda, tovar qarshisida – IZOH QOLDIRISH (Оставить отзыв) tugmasi qoladi:aliexpress kechiktirilgan fikr

 

Shu tugmaning ustiga bosamiz va fikr qoldiramiz. Shuningdek МОЙ АЛИЭКСПРЕСС — УПРАВЛЕНИЕ ОТЗЫВАМИ (fikrlarni boshqarish) bo’limiga kirib, barcha fikrlarni, shu qatorda qoldirilmaganlarini ham topish mumkin:aliexpress izohlarni boshqarish

Mana Aliexpressda tasdiqlashdan so’ng qanday fikr qoldiriladi, bu yerda ham hammasi oddiy. Lekin agar 30 kun o’tgan bo’lsayu, siz qo’l qovushtirib turgan bo’lsangiz, unda urinib ham o’tirmang, endi hech narsa qila olmaysiz.

Aliexpressda qanday qilib qo’shimcha fikr qoldirish mumkin?

Shunday bo’ladiki, biz nuqsonni sezmasdan yaxshi fikr qoldirganmiz, yoki tovar keyinroq buzilib qoldi va biz qoldirilgan fikrni o’zgartirishni istaymiz, buning iloji bormi? Yo’q, qoldirilgan fikrni o’zgartirib bo’lmaydi, lekin o’z fikringizga qo’shimcha fikr yozib qoldirishingiz mumkin.

Buning uchun yana shaxsiy kabinetga kiramiz va МОЙ АЛИЭКСПРЕСС — УПРАВЛЕНИЕ ОТЗЫВАМИ ga o’tamiz va ОПУБЛИКОВАННЫЕ ОТЗЫВЫ (QOLDIRILGAN IZOHLAR) ilovasini ochamiz.

aliexpressda tovar uchun qo'shimcha fikr qoldirish

 

O’ng tomonda yozuvni ko’ramiz – ОТВЕТИТЬ НА ОТЗЫВ (IZOHGA JAVOB BERISH), uning ustiga bosamiz va o’zimizning yaxshi yoki yomon qo’shimcha fikrimizni yozamiz:aliexpressda izohga javob yozish

Qo’shimcha fikrni asosiy fikr yozilganiga 30 kun to’lgandan so’ng qoldirish mumkin. Juda foydali funksiya, chunki mening o’zim bir necha bor yaxshi tovarni olib, quvonch bilan yaxshi fikr qoldirganman, bir necha kundan so’ng esa meni qayerdadir aldashganini tushunganman. Endi hech bo’lmasa sotuvchidan qasos olish mumkin 😉

Tovar yetkazilmasa alieskpressda qanday qilib fikr qoldirish mumkin?

Men aynan shunday muammoga duch keldim, 11.11 kuni katta chegirmalar kuni bo’lgandi, usha kuni men olgan tovar mana 3 oydirki hali ham yetib kelmadi. Lekin sotuvchi meni qo’l qovushtirib o’tirishimga va kelishuv avtomatik yopilishiga umid bog’lab, ayyorlik ishlatgan holda tovarni shunchaki yubormaslikka qaror qilgan shekilli.

Lekin men bunga qarab turmadim, sotuvchi bilan spor ochdim va sotuvchi gap so’zsiz menga pullarni qaytardi. Bunday holatda qanday fikr qoldirish mumkin?

Aslida bu yerda barchasi o’zingizga bog’liq. Agar umuman olganda sotuvchi yaxshi bo’lsa va siz undan bir necha bor xarid qilgan bo’lsangiz, bu yerda uning aybi bo’lmasa, unda unga besh yulduz qo’ying, lekin shunchaki tovar yetkazilmaganligini fikr qilib qoldiring.Tovar yetkazilmasa alieskpressda qanday qilib fikr qoldirish mumkin

 

Mana shunaqa, hayot asaldek tuyulmasligi uchun esa sotuvchi yetkazib berish vaqti kechikkani uchun bir yulduz qo’yish mumkin, axir tovar yetib kelishi juda cho’zilib kettida.

Agar sotuvchi ANIQ firibgar bo’lsa, unda boshqalar siz tushgan qopqonga tushmasligi uchun ham yomon fikr yozing va hamma joyga bir yulduzdan qo’yib chiqing. Ana shu sotuvchi to’g’ri va halol ishlashiga turtki bo’ladi.

Qanday qilib Aliexpress fikr qoldirib pul ishlash mumkin?

Ha, bu fikr yozish uchun yana bir sabab. Men shu yo’l bilan oyiga 500$ gacha pul ishlaydigan odam haqida o’qiganman. Qanday qilib? Barchasi oddiy: o’zining sevimli keshbek servisiga fikrlarda sherigining ssilkalarini qoldirishi lozim – KESHBEK SERVISLAR TO’LIQ RO’YXATI. Bu quyidagi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin:

Qanday qilib Aliekspress fikr qoldirib pul ishlash mumkin

Albatta, bunday pul topish uchun ko’p fikrlar qoldirish, shuningdek o’z fikrlariga e’tibor jalb qilish lozim, masalan, odamlarga qiziqarli bo’lishi uchun fikrlarga fotosurat qo’shish va uzun mazmunli fikrlar yozish kerak.

Shuningdek alieskpressning hamkorlik dasturi mavjud, o’xshash tovarni topish, unga referral ssilka tayyorlash va fikr yozayotkanda – «mana qarang, xuddi shu tovar boshqa sotuvchida, lekin arzonroq!» – deb yozish mumkin. Odamlar ssilka bo’yicha o’tadi, xarid qiladi, siz esa uning savdosidan deyarli 10% ga ega bo’lasiz.

Bu yerda, agar ozgina fantaziyani qo’shsa, mo’may daromad olish mumkin. Ishlang va izlaning, barchasi o’zingizning qo’lingizda…

Shunday holatlar bo’ladiki, fikr qoldirishning iloji bo’lmaydi, lekin menda bunaqasi bo’lmagan, agar sizda shunday muammo bo’lgan bo’lsa, unda biz bilan bo’lishing. Savollar bo’lsa – shu yerda qoldiring.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz