Keshbek bu nima? Qaysi keshbek servisdan foydalangan afzal?

Keshbek bu nima? Bu so’z ko’pchilik uchun notanish, lekin ishonavering, agar Internetda ko’p xarid qilsangiz u sizga juda ham KERAK. Keshbek (cashback) — bu siz Internet do’konlarda ishlatgan pulingizdan bir qismi o’zingizga qaytishi.keshbek servislar ishlash tizimi

Bu pullarni kim qaytaradi? Sotuvchi. Internet tarmog’ida raqobat katta bo’lgani bois, sotuvchilar xaridor olib kelgan odamga (ya’ni DALLOLga degan bo’lar edimu, lekin bu umuman boshqa narsa), maxsulot foydasidan bir qismini berishga tayyorlar. Internetda xaridorlarni jalb qilish orqali pul topish partnerlik dasturlari bor va ular juda ko’p, masalan aliexpress hamkorlik dasturi.

Lekin sizga, o’zingizni o’zingiz jalb etishingizga nima halaqit beradi? Tushunarsizmi?

Masalan, do’konga kimnidir boshlab keldingiz, u $500 lik xarid qildi, do’kon uning xarididan 20% foyda oldi va 10% ni siz bilan baham ko’rdi. Siz bu holatda $50 foyda olasiz. Endi tasavvur qiling o’zingizni o’zingiz boshlab keldingiz. Siz do’kondan $200 lik xarid qildingiz, do’kon sizga 10% pulingizni qaytardi. Buni real hayotda tasavvur qilishimiz qiyin. Lekin Internetda do’konlarda mana shunday imkoniyatga egasiz. Mana shu KESHBEK deyiladi.

Tan oling, har bir xaridingizdan 10% qaytib olish juda zo’r taklif, ayniqsa, katta xaridlarni amalga oshirayotgan bo’lsangiz. Masalan, $500 ga Galaxy S7 edge sotib oldingiz va keshbek oldingiz, to’g’ri, $50 pulni sizga qaytarishdi. Smartfon esa sizga $450 ga aylandi!

Keshbek saytlardan qanday foydalaniladi?

Ko’pgina xollarda ikki qadamdan iborat ishni qilishingiz kerak bo’ladi:

1. Saytda ro’yxatdan o’tish. U yerda siz xaridlardan olgan foydangizni ko’rishingiz, hamda ularni o’zingizga qulay elektron hamyonga yechib olishingiz mumkin.

2. Brauzerga kengaytmani o’rnatish. Bu kengaytmani o’rnatish orqali siz keshbek olishni osonlashtirasiz va darhol olayotgan maxsulot uchun qancha foiz pul qaytishini ko’ra olasiz. Masalan shunday plaginlardan (kengaytmalar) biri:

Keshbek bu nima. Kengaytma

Bir xillarda plagin o’rnatmasdan ham xarid qilsa bo’ladi, buning uchun Internet do’kon saytiga ko’rsatilgan ssilka orqali o’tish yoki kerakli maxsulotni keshbek servisdagi o’tgazgichga berish lozim:

Keshbek bu nima. Kengaytmasiz o'tish

Ko’rib turganingizdek, hech qiyin joyi yo’q. Bu maqolada men sizga keshbek servislar haqida ma’lumot beraman va siz o’zingizga eng zo’r keshbek servis tanlab olasiz, hamda «keshbek bu nima?» — degan savolga bemalol javob berasiz. Tanlashingiz yanada osonroq bo’lishi uchun, pastroqda, bu saytlarni solishtirish jadvalini taqdim etganman.  Demak, boshladik — keshbek servislar haqida fikrlar.

Keshbek bu nima. Qaysi keshbek servisdan foydalangan afzalInternet do’konlarda xarid qilish uchun qaysi keshbek servisdan foydalangan afzal?

Hozirgi vaqtga kelib keshbek servislar JUDA KO’PAYIB ketgan va ularni orasidan eng zo’rini tanlash oson ish emas. Lekin men bu ishni osonlashtirish uchun, servislarni solishtirish jadvalini tuzib chiqdim. Ishonchli ekanini aniqlash uchun saytlarni necha yoshdaligini ko’rsatdim. Servisni SAHIY va PISHIQlik darajasini bilib olishingiz uchun, biz uchun taniqli bo’lgan Aliexpress va Ebay Internet do’konlariga beradigan foizlarini ko’rsatdim, ulardan boshqa Internet do’konlarni esa servislarning saytida bilib olasiz.

Keshbek servislar reytingi. Servislar necha foiz keshbek beradi:

Keshbek servis Yaratilgan yil Aliexpress Ebay Ishonchliligi
EPN CashBack 2014 18% gacha +++++++
LETYSHOPS 2014 7% 1,5% +++++++
Cashalot 2017 11,5% gacha ++++
AliKopi 2016 11% +++
ALIBONUS 2015 10% +++++
DRONK 2015 8,5% +++++
Kubishka 2009 8,5% 10% ++++
Promokodi 2013 8% 6% +++++
BonusPark 2016 15% gacha 0.88% ++++
Cash4Brands 2014 10% gacha 0,5-1,5% ++++

2017 — yil iyun oyidan boshlab Aliexpress o’zining hamkorlik dasturiga o’zgartirishlar kiritdi. Shu munosabat bilan, keshbek foizlari biroz tushirilgan va yuqorida ko’rsatilgan jadvaldan farq qilishi mumkin. Lekin nima bo’lganda ham, siz pul tejab qolishingizga bu halaqit bermaydi!

Endi esa bu saytlar haqida va qanday qilib keshbek olish haqida batafsil gaplashamiz…

Qanday qilib Aliexpressda keshbek olish mumkin?

Aliexpressda keshbek olish uchun servislar ko’p, lekin keling, birinchi bo’lib aynan Aliexpressga yo’naltirilgan keshbek servislardan boshlaymiz.

E-COMMERCE PARTNERS (EPN) — bu men asosiy foydalanadigan keshbek servis bo’lib, undan ko’p marta pul yechganman (pastdagi fotoga qarang), shuning uchun uni bemalol tavsiya eta olaman.

Keshbek bu nima. Yehchilgan pullar

Uni boshqa bunday servislardan farqi shundaki, EPNda partnerlik tizimi mavjud bo’lib, u orqali aliexpressda pul topish mumkin, masalan, ijtimoiy tarmoqlarda istagan maxsulotni reklama qilish orqali. Bu haqida batafsil ma’lumotni qanday qilib Aliexpressda pul ishlash mumkin maqolasi orqali bilib olishingiz mumkin.

Bu keshbek servisi orqali nechchi foiz keshbek olishingiz mumkin? U yerda qancha ko’p xarid qilsangiz, shuncha ko’p foiz cho’ntagingizga qaytarasiz. Boshlanishiga 7%. Agar ro’yxatdan o’tayotganda «EPNBEST2017» (hozirda boshqa bo’lishi mumkin) promo kodini kiritsangiz sizni keshbek 10.5% ga bir haftaga ko’tarib beriladi. Ro’yxatdan o’tamiz, ishlab ko’ramiz, savollar bo’lsa — shu yerda izoh sifatida qoldiramiz…

Ro’yxatdan o’tayotganda 18% keshbek degan yozuvga ko’zingiz tushishi mumkin. Kimga bunday miqdorda keshbek beriladi?

Keshbek bu nima. 18 foiz keshbek

Yangi ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar, mobil ilova orqali «Акции — Специальное предложение» bo’limidan xarid qilib, 18% KESHBEK olishlari mumkin.

Yaqinda ushbu partnerka yana bir nechta katta Internet do’konlar bilan ishlay boshladi, Internet do’kon faqatgina Aliexpress degani emas:

OZON — Rossiyaning yirik Internet do’koni, u yerda deyarli barcha narsani xarid qilsa bo’ladi — DO’KONGA O’TISH

BANGGOOD — Xitoyning o’ta yirik Internet do’koni, shunday maxsulotlar borki, ularni xatto aliexpressda ham topib bo’lmaydi — DO’KONGA O’TISH

ASOS — Yevropaning yirik kiyimlar Internet do’koni, saytning ruscha versiyasi mavjud


DRONK — juda qiziq keshbek servis, keshbekning foizi tovarning narxiga bog’liq, eng arzon va qimmat bo’lmagan tovarlar uchun 8.5% keshbek to’g’ri keladi. Mana to’liq jadval:
〉 $10 gacha — 8.5%
〉 10-50$ — 5%
〉 50-99$ — 5.5%
〉 100-199$ — 6%
〉 200-499$ — 6.5%
〉 500-999$ — 7%
〉 1000-3000$ — 7.5%

Shuningdek ularda google Chrome brauzeri uchun plagin ham bor, uni o’rnatish orqali siz hech qachon keshbek olishni esdan chiqarmaysiz, chunki u o’zi sizni xarid qilmoqchi ekanligingizni biladi va keshbekni avtomatik tarzda xisobingizga tushiradi. Plaginni quyidagi sahifadan olishingiz mumkin, ssilka esa sahifaning quyi qismida:

Keshbek bu nima. Chrome plagini

Sayt barcha Xitoyning yirik Internet do’konlari bilan ishlaydi, demak keshbekni faqatgina Aliexpressdagi xaridlar uchun emas, boshqa ko’pgina saytlar uchun ham olasiz.

Keshbek bu nima. Yirik internet do'konlar


ALIBONUS — yana bir keshbek olish mumkin bo’lgan servis. Avvalgisidan farqi shundaki, bu yerda keshbek — 10%. Bu Aliexpressdagi eng foydali keshbek! Lekin bu sayt obro’si haqida hech nima deya olmayman, chunki u ish boshlaganiga ko’p bo’lmadi. Agar siz ular bilan ishlab ko’rgan bo’lsangiz ular haqida ushbu maqolada fikr qoldiring, chunki tarmoqda u haqidagi fikrlarni topish oson emas.

alibonus keshbek servisi haqida

Umuman olganda sayt juda sifatli bezatilgan, shuning uchun bu saytga ishonmaslikka hech qanday sabab yo’q. Ro’yxatdan o’tamiz, xarid qilib ko’ramiz, nima bo’lganda ham bu Aliexpress uchun eng zo’r keshbek servis!

Qanday qilib boshqa Internet do’konlarda keshbek olish mumkin?

Men hozir sizga faqatgina aliexpressda emas, boshqa yuzlab Internet magazinlarda ham cashback olish mumkin bo’lgan boshqa keshbek servislar haqida gapirib beraman!


LETYSHOPS — juda yahshi keshbek servis, ro’yxatdan o’tiboq 200 rubl bonusga ega bo’lishingiz mumkin. Bu yerda keshbeklar har xil, har bir do’kon o’zining keshbekini o’zi belgilaydi. Letyshops hozirgi kunda 986ta Internet do’kon bilan ishlaydi, demak istagan narsangizni topsangiz bo’ladi.

letyshops keshbek servisi magazinlar

Aliexpressga esa keshbek 5% da belgilangan — bu o’rtacha foiz. Bu yerda ham keshbek foizi ko’tarilib boradi. Qancha keshbek olsangiz sizning keshbek foizi shuncha oshadi:

LetyBronze — 500 rubl  (+10% keshbek)
LetySilver — 3 000 rubl (+20% keshbek)
LetyGold — 10 000 rubl (+30% keshbek)

Bu men birinchi bo’lib ishlashni boshlagan keshbek servis. U orqali 4500 rubldan ortiq pul ishladim. Oxirgi yechgan pullarimni rasmini sizga ko’rsatmoqchiman

Letyshops keshbek servisidan oxirgi yechilgan pullarim

Sizga bu servisni tavsiya etaman, ro’yxatdan o’tamiz va xaridlarda ROSTDAN tejashni boshlaymiz… Bu servis haqida batafsil ma’lumotni ushbu maqolada yozganman Letyshops haqida fikrlar.


Cashalot (Kashalot) — mana shunday kulgili nom olgan bu servisda, ham Cash, ham Ali, ham Lot ma’nolari bor. Jiddiyroq gapiradigan bo’lsam, bu keshbek servis meni o’ziga tortdi:

cashalot keshbek servisi bu nima

Sayt juda chiroyli qilinganligi, adminlar jiddiy yondashishganini bildiradi. Lekin bu eng muximi emas: bu yerda aliexpress uchun keshbek 10.45% gacha, agarda ularni plaginidan foydalansangiz 11.5%. Bu eng katta foizlardan biri, va nega bundayligi tushunarli, xaridorlarni jalb etish uchun albatta, ho’sh, nega siz ham bu taklifdan quruq qolishingiz kerak?

Ro’yxatdan o’tamiz, agar pulimni yechib olsam, keyinroq men bu keshbek servis haqida alohida fikrlar sahifasi yozaman… Bu keshbek sayti haqida batafsil ma’lumotni ushbu sahifada yozdim.


BonusPark — Qiziqarli va yosh keshbek servis, ko’pgina magazinlarga boy, hamda u orqali Aliexpressda yahshigina keshbek olish mumkin: BONUSPARK keshbek servisi 8 foiz

Bu yerda 16% foizgacha keshbek olish mumkin edi, lekin hozircha bunday usulni Aliexpress ta’qiqlab qo’ygan. Keshbek servis haqida fikrlarni keyinchalik, bu saytdan minimal pulni yechsam qoldiraman.


CASH4BRANDS — navbatdagi keshbek servis, do’konlarni juda katta to’plamiga (hozirda 651ta) va qulay partnerlik dasturiga ega.

cash4brands servis keshbek

Bu yerda rubrikator bor, u orqali kerakli magazinni tezda topib olamiz. Foizlarga kelsak, Aliexpressda xarid qilayotib 10% gacha keshbek olish imkoniga egasiz. Bu yerda ham ro’yxatdan o’tamiz. Barcha servislar bizga as qotib qoladi, nega ekanini pastroqda tushuntiraman…


Кубышка  — yana bir keshbek servis, men u haqida dasturchilar forumida o’qib qoldim. Ular yahshi dasturchidir, lekin saytni yurgazishga yo’q ekanlar, bo’lmasa men bu sayt haqida avvalroq bilgan bo’lar edim. Servis esa juda zo’r!

kubishka orqali keshbek olish

Rasmga e’tibor bersangiz bu yerda Aliexpressga 8.5% keshbek berishadi, o’rtacha foizdan sal balandroq, lekin Alibonus chalik emas, albatta. Lekin bu yerda undan farqli ravishda do’konlar ancha ko’proq, bu katta plyus. Kubishka haqida batafsil ushbu maqolada yozdim.


ПРОМОКОДЫ  — yana bir keshbek sayt, o’ziga shunday sodda va tushunarli nom bergan. Ko’rinishi chiroyli, ular o’ta mard va pulni doim vaqtida to’lashlari haqida aytib o’tishgan.

promokody servisi orqali xarid uchun pul qaytarish


AliKopi — bugun mendan bu keshbek servisga baxo berishimni iltimos qilishdi — rostdan ham xariddan u 30% keshbek qaytara oladimi?ALIKOPI 30 foiz keshbek, ishonish qiyin

Bilmadim-u, lekin bunaqa bo’lishi mumkin emas, ahir bozordagi eng katta keshbek 10% bo’lsa, aksiya kunlari 15% chiqishi mumkin, lekin 30% emas. Balki sizni ushbu servis bilan tajribangiz bordir? Bu servis haqida batafsil bu yerda yozdim.

Keshbek servislar orqali pul ishlash mumkinmi?

Bu saytlarda xaridlaringizni yanada arzonlashtirishdan tashqari, ular orqali mo’maygina daromad olish imkoniga ham egasiz, buning uchun odamlarni jalb etishingiz kerak. Yuqoridagi barcha servislar partnerlik dasturiga ega va siz o’zingizni partnerlik ssilkangingiz orqali kimnidir jalb etsangiz, u odam olayotgan foydadan sizga ham bir qismini berishadi. Albatta hammani rozi qilgan xolda.

Quruq gaplarni qo’y deyotgan bo’lsangiz, sizga o’zimni E-COMMERCE PARTNERS (EPN) dagi statistikamni ko’rsatmoqchiman. Bu sayt bilan men anchadan buyon ishlayapman. Mana bu servisga qancha odamni jalb etganimni ko’ring:

EPN orqali ishlangan pul

Ko’rib turganingizdek, men orqali 65 ta odam ro’yxatdan o’tgan, ular menga haftasiga o’rtacha $5 daromad olib kelishadi…

EPN haftalik daromad

Buni nega sizga aytayapman? Siz birgina servisda ro’yxatdan o’tish bilan chegaralanib qolmang degan maqsadda. Bir servis bilan o’zingiz keshbek olish uchun foydalanarsiz, qolganlarini esa odamlarni jalb etish uchun ishlatasiz, balki odamlarga qiziq tuyilib ro’yxatdan o’tishar — bu esa sizga daromad. Do’stlar bilan ssilkalarni o’rtoqlashish, ularga keshbek bu nima ekanligi haqida, qanday qilib xarid qilayotganda tejab qolishlari haqida gapirib berishingizga hech narsa halaqit qilmaydi: sizga ham ularga ham foydali bo’ladi.

Agar siz ularni partnerlik ssilkalari bilan qo’rqitib yuborishni istamasangiz (bizda odamlar huddi virusga qaragandek partnerlik ssilkalariga qarashadi, ahir siz orqali ro’yxatdan o’tishsa hech narsa yo’qotishmaydiku), quyida ssilkalarni qisqartirish servisidan yoki bunisidan foydalaning.

Pul to’lamaydigan keshbek servislar

Maqola so’ngida ushbu bo’limni qo’shib qo’yishni joiz topdim, foydalanuvchilar barcha servislar ham foydali emasligi, bir xillari pul ishlab olib qochib qolishlarini bilib qo’ysinlar dedim.

BEST CASHBACK — best keshbek, Internet do’konlari ko’pligi tomondan jixatidan yuqoridagi keshbek servislarga juda o’xshashib ketadi. (DIQQAT! servis pul to’lashni to’xtatganligi haqida ma’lumotimiz bor)

Pul to'lashni to'xtatib qo'ygan servislar

 


KOPIBONUS — bonuslarni kopit (yig’ish) yahshi, aliexpressga 7% to’lashadi — yomon emas, lekin bundan zo’r takliflar ham yo’q emas… (hozir bu sayt mavjud emas…)

bonus bermayotgan servislar kopibonus

 


ALIBACK— aliexpressdan xarid qilayotganda 10% ni va’da qilishadi, bu maksimum, lekin GACHA degan yozuv sal g’alati ko’rinadi, demak 10% bonusga ega bo’lish uchun bu darajaga yetish kerak. Kim biladi bu darajaga erishish uchun qancha xarid qilishimiz kerak, balki $1000, balki $5000. Bu servis haqida yomon fikrlar qoldirilgan, shuning uchun bu servisdan foydalanishni tavsiya etmaymiz.Bonus to'lamaydigan servislar aliback

Ana endi bemalol Keshbek bu nima degan savolga javob bera olasiz va xarid qilayotganda ko’proq tejab qolasiz deb umid qilaman. Agarda siz bu yerda keltirilmagan keshbek servislar haqida bilsangiz, u haqida izoh qoldiring, men uni maqolaga qo’shib qo’yaman va batafsil ma’lumot beraman. Balki qaysidir keshbek servis sizga nisbatan o’zini yomon tutayotgandir, u haqida ham izoh qoldiring, boshqalar bundan xabardor bo’lsinlar va pullarini yo’qotmasinlar. 

Xarid qilganda yana bir pulni tejash usuli — bu aliexpress kuponlaridan foydalanish.

Men iloji boricha eng yahshi keshbek servislarni jamlashga harakat qildim. Bu yerda ko’rsatilmagan yana bir qancha saytlar borligini bilaman, lekin ularni hali sinovdan o’tkazmaganman. Agar tekshiruvlarimdan o’tsa, albatta qolganlari haqida ham ma’lumot beraman.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz