Aliexpress hamkorlik dasturi

Bilasizmi, hammaga tanish bo’lgan aliexpress saytidan nafaqat tovar sotib olish, balki yaxshigina pul ishlab olsa ham bo’ladi? Aliexpress hamkori allaqachondan beri ishlab kelmoqda (aliexpressning rasmiy va hamkorlik dasturi), ammo ko’pchilik hali ham ular haqida eshitmaqanlar, ming afsus, chunki bu saytda pul ishlab topish juda oson!

Izoh: Bu maqolada birinchi navbatda gap MDH mamlakatlari uchun adaptatsiya qilingan EPN hamkorlik dasturi haqida boradi, hamda aliexpressda pul ishlab topishning boshqa yo’llari ko’rib chiqiladi.

Aliexpressda pul ishlab topish barcha uchun bemalol, chunki buning uchun o’z saytingizga ega bo’lishingiz kerak emas(bu eng yaxshi yo’li bo’lsa ham), ijtimoiy tarmoqlarda o’zingizning gruppa yoki davlat sahifangiz bo’lishining o’zi kifoya.

Targ’ib qilingan sahifa, gruppa yoki pablikingiz bo’lishi kerakligi aniq tushunarlik, aksida topgan pulingiz nolga yaqin bo’ladi.  Ammo bu muammo emas, BKoнтактеdagi sahifangizni targ’ib qilish haqida quyida mening maqolamni o’qib chiqing. Buning yana boshqa pullik va tekin yo’llari ham mavjud. Agarda hali ham Aliexpressda ro’yhatdan o’tmagan bo’lsangiz, yuqoridagi maqolamda buning uchun ssilkani yozib o’tganman.

Aliexpressda qanday qilib pul ishlab topsa bo’ladi?

Daromad topish oson: aliexpressning ko’p sotuvchilari agar haridorni olib kelsangiz sizga, tovar sotilishidan foiz to’lab berishga tayyorlar. Foiz har xil bo’lishi mumkin, 2% dan 50% gacha. Aliexpressga qancha ko’p haridor olib kelsangiz, shuncha ko’p daromad topsangiz bo’ladi, bu yerda hammasi sizning chaqqonligingizga bog’liq. Aliexpressda daromad topish haqida batafsil ssilka bo’yicha maqolada yozilgan.

Men bu ish bilan yaqinda shug’ullana boshladim, ammo natija namoyon, kechroq sizlarga uni ko’rsataman. Lekin boshida, aliexpress hamkorining qaysi biri yaxshiroq, bu yerda bir necha variant mavjudku ahir.

Aliexpress hamkorlik dasturidan ko’proq keshbekdan daromad topsa bo’ladi. Keshbek nima ekanligi haqida va unda qanday daromad topish mumkinligi to’g’risida «Keshbek servisni qanday tanlash mumkin?» degan maqolada o’qing.

Aliexpressning rasmiy hamkori

Aliexpress rasmiy hamkori quyidagi manzil bo’yicha joylashgan. Birinchi  ko’zga tashlanadigan minus— bu ingliz tilidagi interfeys. Ikkinchi minus — pul o’tkazmasi uchun 10$.

Aliexpressning rasmiy hamkori bilan ishlashni endigina boshladim (bir oydan kam, banner va ikkita ssilka joylashtirishga ulgurdim) va hisobimda 10$ga yaqin. Sistemada ishlashni qanday boshlasa bo’ladi?

Ro’yhatdan o’tganingizdan keyin hamkorlik ssilkalarini va bennerlarini olish uchun Ad Centerga kirish kerak, Birinchi navbatda ssilkalardan foydalanishingizni maslahat qilgan bo’lar edim, chunki odamlar hammani joniga tekkan bannerlardan ko’ra, ko’proq ssilkalardan o’tishni ma’qul ko’radilar. Kelinglar, bu amalda qanday bo’lishini ko’ramiz.

«Aliexpressda eng arzon tovarni qanday topish mumkin» deb nomlangan maqolamda yozganimdek, avval keshbek plaginini joylashtirib olishingiz juda foydali, chunki u hamkorlik dasturida qatnashgan, qaysilari esa qatnashmaganligini ko’rsatadi.

Masalan, deyarli, hammaga kerak bo’lgan tovar- FLESHKAni olaylik. Men ham yangi fleshkani sotib olishim kerak, chunki mening eski fleshkam dunyo kabi 4 gigabaytga qarib qolgan. Keshbeki bor(ya’ni hamkorlik dasturida qatnashgan)ajoyib fleshkani izlaymiz, mana bunday zamonaviylardan birini topdim:

Brauzer qatoridan tovar uchun ssilkani olamiz, AdCenter — DeepLink ga o’tamiz va PagesURL formasiga ssilkani qo’yamiz. GetTrackingLink tugmasini bosamiz:

Chiqishda esa, quyidagi ko’rinishda, hamkorlik ssilkasini olamiz: _http://s.click.aliexpress.com/e/eUrVF6IA6. Bu ssilkani olib Bkontaktedagi sahifangizga o’tasiz(istagan ijtimoy tarmoqlardan birini olsangiz bo’ladi). Ssilkani joylashtiring va ALBATTA o’z QIZIQTIRADIGAN izohingizni yozing:

Shu holos, endi odam bu ssilkadan o’tib, biron narsa sotib olsa, siz o’z foizingizni olasiz. Odamning aynan shu tovarni harid qilishi shart emas, u aliexpressda hamkorlik dasturida qatnashgan istagan tovarini harid qilishi mumkin va siz baribir o’z pulingizni olasiz.

Ajoyibki, agar inson bir oy davomida biror narsa sotib borsa, siz ham o’z foizlaringizni olasiz. Qiziq, bunday emasmi?

Bu Aliexpress hamkori bilan ishlab topgan pullarimni qanday o’tkazish mumkin?Boshlanishiga, kamida 16$ ni ishlab topishingiz kerak va undan keyingina pulni o’z bank hisobingizga o’tkkazishingiz mumkin bo’ladi. Ammo pulni yechib olishga shoshmang! Pul o’tkazmalari uchun sizdan 15$ni olib qo’yadilar. O’zim hali pulni yechib olmaganman, ammo ularda shunday yozilgan, tarjimasi:

Siz o’z hisobingizdan yechib olishingiz mumkin yoki har oyning 20nchi sanasiga qadar. Balansingiz US $ 16 dan ko’p bo’lishi kerak. U yerda o’tkazmalar uchun to’lov AQSH $ 15 bo’ladi.

Shuning uchun ko’proq daromad topish kerak, siz ishlab topgan 16$ngizdan 15$ngizni yechib olmasliklari uchun. 😉 Bularning barchasi yoqimlik emas, shuning uchun sizlarga boshqa hamkorlik dasturi haqida aytib bermoqchiman, u ancha foydaliroq va qulayroq.

EPN aliexpressning hamkorlik dasturi

Bu aliexpress hamkorlarining eng yaxshisi, ayniqsa MDH mamlakatlarida yashaydiganlar uchun. QUYIDAGI MANZIL orqali unga ro’yhatdan o’tishingiz mumkin bo’ladi

Ko’rib turganingizdek, bu yerda hammasi rus tilida yozilgan, funksionali ham aliexpress hamkoriga nisbatan ANCHA keng. Ro’yhatdan o’tganingizdan keyin, ИНСТРУМЕНТЫ — МОИ КРЕАТИВЫ ga o’tasiz.

Endi esa biron bir kreativni joriy etishimiz kerak, har bir tugmaning mazmunini tushuntirib o’taman:

 СОЗДАТЬ DEEP LINK — biz ssilkani yaratamiz, ammo bir tovar emas, balki bu bo’limdagi har xil tovarlar ko’rsatiladi, misol uchun, smartfonlar.

 СОЗДАТЬ ПАРТНЕРСКУЮ ССЫЛКУ — bu tushunarlik, aniq bir tovar uchun ssilka yaratiladi.

СОЗДАТЬ SMART Баннер — kerakli hajmdagi banner yaratiladi. Bunday bannerni faqatgina saytda joylashtirish mumkin bo’ladi. Ammo plagin adblock bu bannerni kesishini hisobga olish kerak bo’ladi.

Eng yaxshisi- bu ikkinchi punktidan foydalanish, aniq bir tovar uchun ssilkani yaratish. Keling, bu jarayonni bajaramiz, misol uchun, yana biron bir zamonaviy fleshkani olsak, masalan, mana bunisi:Aliexpress hamkorlik dasturi - fleshka

Original ko’rinishga ega, bunday emasmi? Balki, uni hech kim sotib olmas, ammo tovar do’koniga o’tadilar. Bizga esa faqat shunisi kerak. Tovar uchun ssilkani olamiz, СОЗДАТЬ ССЫЛКУ tugmasini bosamiz, tovar nomini yozamiz(keyin u nima ekanligini bilish uchun) va ssilkani qo’yamiz.

СОЗДАТЬ КРЕАТИВ tugmasini bosamiz va ssilkani qabul qilamiz. Ssilkani nushasini olib, ijtimoiy tarmoqlarga o’tamiz, endi bu facebook bo’laqolsin, izoh yozamiz hamda ssilkani joylashtiramiz:

Ko’rib turganingizdek, hech qiyin joyi yo’q. Postdagi ssilkaga e’tibor bering- link. Men qisqa ssilkalar uchun o’z servisimni yaratganman, va endi siz hamkoringiz ssilkasini emas, balki o’z saytingizning ssilkasini nashr qilasiz. Ammo bu ssilkadan o’tsangiz, sizni hamkorlik dasturi orqali tovar sahifasiga o’tkazib yuboradilar. Bu nima uchun kerak?

Odamlar ular orqali pul ishlab topganlarni yoqtirmaydilar, bu shunchaki psihologik to’sqinlik hisoblanadi. Agar inson hamkorlik ssilkasini ko’rsa, u pritsipial hilda undan o’tmasligi mumkin. Agar ssilkani inqoblab olsa, u holda inson bunchalik qo’rqib qolmaydi.

O’z saytiga ega bo’lgan foydalanuvchilar uchun yana bir foydali narsasi bor: ssilka sizning domeningizga o’tib ketishi sayt uchun bu yanada yaxshi, ssilkalar jami oshib boradi. Agar saytingizga bunday qisqa ssilkalar servisi kerak bo’lsa, 25$ ga men sizga uni yaratib berishga tayyorman, sozlab beraman hamda u qanday ishlashi haqida aytib beraman. Ichida u bunday ko’rinishga ega:

Shu yerdan to’g’ridan-to’g’ri mashhur ijtimoiy tarmoqlarga ssilkani nashr qilsa bo’ladi. Qanday ssilkaga necha marta bosilganligi to’g’risida statistika olib boriladi. Ammo o’z saytingiz mavjud bo’lmasada, internetdan ssilkalarni qisqartiradiganlarni ko’plarini topsa bo’ladi.

Hammasi ancha tushunarliroq bo’lishi uchun, bu hamkorlik dasturi to’g’risida videoni tomosha qiling:

Admitad + Aliexpress hamkorlik dasturi

Maqolamga qoshimcha kiritishga qaror qildim, chunki asossiz Admitad — hamkorga o’tish uchun ssilka-eng katta hamkorlik dasturining agregatorini e’tibordan chekka qoldirdim. Unda ham aliexpressda daromad topsa bo’ladi va siz orqali sotilgan har bir tovar uchun 8,5% ni olishingiz mumkin. Bunda, EPNga o’hshagan asboblar:

Bannerlar yoki deep ssilkalarni olish mumkin ammo farqi shundaki, bu yerdagi bannerlar odatdagi formatda, men uchun bu juda qulay, ssilkalarni yashirib olsa bo’ladi. Ssilkalarga kelsak, bu yerda deyarli huddi shunday, shuning uchun qayerda ishlashni o’zingiz tanlang, hozircha men uchun EPN ma’qul, Admitad esa Letyshopsdan daromad topish uchun qulay, men yaqinda bunga ham yozilib oldim.

Men, shahsan o’zim ishlagan hamkorlik dasturlari to’g’risida yozib o’tdim. Ular esa ancha ko’p, mana diqqatga sazovor bo’lganlarning hammasi.

Aliexpressning barcha hamkorlari

Hamkor Foiz miqdori Yaratilgan sanasi
 Aliexpress  8%  2006
 EPN  8,5%  2014
 ADMITAD  8,5%  2009
 AD1   8,5%  2005
 Где слон?  8,5%  2010
 Cityads  8,5%  2011
Advertise  8,5%  2003
Actionpay  8,5%  2013

Aliexpress bilan daromad topishning yana ko’plab yo’llari mavjud, ammo ularni bu katta hamkorlik servislari bilan solishtirib bo’lmaydi. Bu va boshqa hamkorlar bilan ishlash bo’yicha batafsil ma’lumotlarni keyingi maqolalarimdan bilib olasiz. Yana EPNdan keshbek, juda foydali servis, haqidagi maqolani tavsiya etishim mumkin.

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz