Aliekspressda buyurtma himoyasi nima?

Aliekspressda to’g’ri xarid qilish uchun tovarlarni arzon va ishonchli sotuvchilardan buyurtma berish kamlik qiladi, buyurtmani (posilka) kuzatish va agar u yo’qolsa yoki kechiksa choralar ko’rishni bilish kerak. Buning uchun aliekspressda buyurtma himoyasi nima ekanligini tushunish kerak.

Barchasini aniq misolda keltiraman, chunki menda bir buyurtmaning himoya muddati tugamoqda, lekin buyurtma hali ham yo’lda. Avval oddiy narsani tushunish muhim: sizning har bir buyurtmangiz uchun sotuvchi OXIRGI MUDDATNI belgilaydi, bu muddat ichida u tovarni sizga yetkazish majburiyatini bo’yniga oladi:

Aliekspressda buyurtma himoyasi nima - yuborildi

Ko’rib turganingizdek, mening Xiaomi Mipad 2  buyurtmamning taymeri nihoyasiga yetmoqda va muddat tugashigacha taxminan 3-4 kun oldin sizga quyidagicha xat kelishi lozim:

Aliexpressda xaridor himoyasi tugashi haqida ogohlantirish

Bu sizning aliekspressga kirib, qaror qabul qilishingizni bildiruvchi xabar. Agar hech narsa qilmasangiz, unda siz katta ehtimol bilan pullaringizni yo’qotasiz va keyin aliekspressni ayblaysiz, chunki himoya muddati yakunlanganidan keyin kelishuv AVTOMAT TARZDA YOPILADI. U aybdor emas, faqat siz aybdor bo’lasiz.

Aliekspressda buyurtma himoyasi tugasa nima qilish kerak?

Bu yerda voqealar rivojining bir nechta varianti bor va aynan aliekspress tavsiyalariga rioya etish kerak. U nimani tavsiya etadi?

1. Agar Xaridorni himoya qilish muddati tugayotgan, Siz esa hali buyurtmani olmagan bo’lsangiz, yoki Siz olingan tovardan norozi bo’lsangiz, siz “muhokama ochish” tugmasini bosishingiz mumkin. E’tibor bering, Xaridor Himoyasi muddati yakunlanganidan so’ng buyurtma avtomat tarzda yopiladi, pullar esa sotuvchiga o’tadi.

Agar sotuvchi sizga tovarni yubormaganiga ishonchingiz komil bo’lsa, yoki sizda buyurtma kuzatilmayotganligi uchun bunga shubha bo’lsa, muhokama ochgan ma’qul.

Sotuvchi muhokama unga zarar yetkazishi bo’yicha sizga NOLISHIGA, siz muhokamani yopib, MO’JIZAGA ISHONISHINGIZNI so’rashiga tayyor turing. Mo’jiza bo’lmaydi, kamdan-kam holatlardagina buyurtma katta kechikish bilan yetkaziladi va shunda men sotuvchiga pullarni qaytaraman.

Siz muhokamani yopganingizdan keyin buyurtma yetkazilmasa, HECH NARSASIZ QOLISHINGIZNI tushunishingiz kerak. Sotuvchi esa buyurtma uchun trek raqam qilmaganligiga o’zi aybdor, qitmirlik uning o’zini jarga yetakladi.

2. Siz shuningdek Xaridor Himoyasi amal qilish muddatini uzaytirishingiz mumkin. Buning uchun to’g’ridan-to’g’ri sotuvchi bilan bog’laning yoki uzaytirishga so’rov qoldirish uchun “Xaridor Himoyasini cho’zish so’rovi” tugmasini bosing.

Agar siz trek raqam bo’yicha buyurtma deyarli yetib kelganligini ko’rsangiz, unda sotuvchiga buyurtma vaqtini cho’zishni so’rab yozishingiz mumkin. Agar buyurtma shunda ham yetkazilmasa (yo’lda yo’qotilishi yoki o’g’irlanishi mumkin), unda muhokamani oching.

Aliexpressda xaridor himoyasi posilka yetib keldi

Ko’rib turganingizdek, mening buyurtmam O’zbekistonga uchib kelgan va yaqin orada pochtaga keladi. Men sotuvchiga buyurtma vaqtini cho’zishini so’rab yozdim, agar u menga bir necha kundan keyin yozmasa, unda men muhokama (спор) ochaman.

Murakkab narsaning o’zi yo’q, eng muhimi uzoq kutilgan xatni o’tkazib yubormaslik uchun ishlaydigan pochtani ko’rsatish va vaqti-vaqti bilan u yerdan xabar olib turish. Aliekspressda xaridor himoyasi juda yaxshi tuzilgan, va agar o’zingiz qo’l qovushtirib o’tirmasangiz, hech qachon pullaringizni yo’qotmaysiz. Men biror marta yo’qotmaganman…

AliExpress saytiga o'tish

AliExpress bo'yicha savol berish

Izoh qoldirish

Birinchi bo'lib izoh qoldiring!

Meni ogohlantiring
wpDiscuz